15:58 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Kolumnistlar
Havola olish
135130

KamAZ - bir necha oʻn yillar davomida turli iqlim sharoitlarida, urush va musobaqalarda sinovidan oʻtgan, sovet injenerlerining eng yaxshi konstruktiv ishlanmalari jamlangan, oddiy va ishonchli yuk avtomobili. Batafsil...

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik, Nikolay Protopopov. Konveyerdan chiqqan millionlab yuk avtomobillari, uzoq masofaga yuruvchi haydovchilar va harbiy haydovchilar tomonidan tan olinishi va xalqaro musobaqalarda gʻolib boʻlish – rosa 45 yil oldin, 1976 yilning 16 fevralida  - Kama avtomobil zavodi darvozasidan birinchi KamAZ chiqqan edi. Shundan buyon Rossiya yoʻllarini ushbu yuk tashuvchisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Ushbu avtogigantning dastlabki va ahmiyatli modellari haqida RIA Novosti maqolasida.

Birinchi kapotsiz

1960 yillarda tez rivojlanib borayotgan sovet avtosanoatiga katta yuk tashish imkoniyatiga ega boʻlgan avtomobillarga ehtiyoj ortib borayotgan edi. Yangi avtomobil zavodini joylashtirish uchun Naberejnыe Chelnы tanlandi. U yerda 1969 yilda yiliga 150 ming avtmobil ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan ulkan zavod qurilishi boshlandi.

Bortovoy ZIL-170, opыtnыy obrazets

Avtomobil yoʻllari sifati yaxshilanib borini bilan butun mamlakat boʻylab tez harakatlanish imkoni boʻlgan magistrallar qurilishi boshlandi. Konstruktorlar yuk avtomobillarining nafaqat yoʻltanlamaslik xususiyatlari, balkim ularning qulayligiga ham eʼtibor bera boshlashdi.

Yuk avtomobili yaratishda Yevropada kapotsiz yuk avtomobili yaratish tajribasi ham hisobga olindi. Dvigatelni kabini ostiga joylashtirish – kabinani kengroq qilish, haydovchi yoʻlni kuzatish imkoniyatini yaxshilash va avtomobil uzunligidan samaraliroq foydalanish imkonini berar edi.

Yangi loyihaga yuk avtomobillari yaratish va ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishda boy tajribaga ega boʻlgan, Moskvaning ZiL zavodi mutaxassislari ham qoʻshilishdi. Shu vaqtga qadar ZiL mutaxassislari kapotsiz yuk avtomobili (ZiL-170) ham yaratishga ulgurishgan edi. Uning  asosida uch oʻqli yuk koʻtarish imkoni 8 tonnadan ortiq boʻlgan birinchi KamAZ yaratishga kirishildi.

Avtomobilnыy zavod OAO KAMAZ
© Sputnik / Ramil Sitdikov
Avtomobilnыy zavod OAO "KAMAZ"

Bir necha oʻn yillar davomida ZiL zavodi boʻlajak yuk avtomobili prototipini Ittifoqning turli iqlim sharoitlarida sinab koʻrib, uning kamchiliklarini yoʻqotishga, eng yaxshi konstruktiv ishlanmalarni qoʻllashga muvaffaq boʻlishdi. Boʻlajak KamAZni oʻsha vaqtda dunyodagi eng yetakchi ishlab chiqaruvchilar "Ford", "Mersedes" va "Interneshnl" yuk avtomobillari modellari bilan raqobatdosh deb topilgan edi.

Buzilsa - tuzatish oson

1976 yilning fevral oyida Naberejnыe Chelnы shahridagi  konveyerdan birinchi seriyali KamAZ-5320 avtomobili chiqdi. Oʻz zamoni talablariga koʻra – avtomobil juda qulay edi. Uch kishiga moʻljallangan keng kabina, shovqin va issiqdan yaxshi himoyalangan, xavfsizlik kamarlari, moslashuvchan haydovchi oʻrindigʻi, yoʻlni yaxshiroq kuzatish  uchun keng oynali kabina bilan jihozlangan edi.

Avtomobili KamAZ na territorii Kamskogo avtomobilnogo zavoda
© Sputnik / S. Solovyev
Avtomobili KamAZ na territorii Kamskogo avtomobilnogo zavoda

Yuk avtomobili yangi 8 tsilindrli 11 litrli yangi dizel avtomobili bilan zihozlandi. 211 ot kuchiga ega boʻlgan dvigatel 5 bosqichli, pasaytiruvchi uzatmaga ega boʻlgan uzatmalar qutisi oʻrnatilgan edi. Sovuq havoda avtomobilni oʻz oldirish oson boʻlishi uchun unga oʻt oldirishdan oldin oʻrnatiladigan isitish moslamasi ham oʻrnatilar edi. Shuningdek 200 litrli yonilgʻi baki, va pnevmatikali barabanli tormozlar oʻrnatilar edi. Yonilgʻi xarajati 100 kmga 30 litrni tashkil qilar edi.

Dastlabki 2 yil davomida KamAZ 8 tonnali yuk avtomobili, 10 tonnali qurilish samosvali va 20 tonnali tyagach ishlab chiqardi. Keyinchalik esa bazasi uzaytirilgan yuk avtomobili, avtopoyezd uchun tyagach va qishloq xoʻjaligi uchun samosval ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

Avtopoyezd KamAZ-54102. Kamskiy kompleks zavodov po proizvodstvu bolshegruznыx avtomobiley
© Sputnik / Kuznetsov
Avtopoyezd KamAZ-54102. Kamskiy kompleks zavodov po proizvodstvu bolshegruznыx avtomobiley

KamAz avtomobillarining eng yaxshi tomonidan biri – ularning oson tuzatish imkoniyati edi. Avtomobilda biror nosozlik yuz bergan taqdirda – uni eng oddiy sharoitlarda tuzatish oson edi. Avtomobil ustaxonalari rivojlanmagan SSSR sharoitida bu juda muhim edi. Ushbu maqsadda konstruktorlar avtomobilga texnik xizmat koʻrsatishni osonlashtirib, uni moylash kerak boʻlgan nuqtalarini kamaytirishdi, avtomobilning sozlash kerak boʻladigan uzellarini barqarorlashtirishdi va oʻz-oʻzidan ochilib ketmaydigan gaykalardan foydalanishdi.

Sport va urush

1980 yillar boshiga kelib Naberejnыe Chelnы shahrida Qurolli kuchlar uchun maxsus KamAZ-4310 - 6 tonnali yoʻltanlamas yuk avtomobilini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Uning 6x6 gʻildirak formulasi, lebedka, yuqori koʻtarilgan klirensi – har qanday toʻsiqlarni yengib oʻtish imkonini berardi.

Uzbekistan planiruyet organizovat postavki gruzovikov povыshennoy proxodimosti KamAZ v Afganistan
Sputnik / Mixail Voskresen
Uzbekistan planiruyet organizovat postavki gruzovikov povыshennoy proxodimosti KamAZ v Afganistan

Afgʻoniston kampaniyasi harbiy KamAZ uchun haqiqiy sinov jangovar sinov boʻldi. Ushbu avtomobillar Sovet qoʻshinlarining asosiy tashuvchi vositasiga aylandi. Afgʻoniston sharoitida ular oʻzini juda yaxshi namoyish qilishdi. KamAZlar boshqa yuk avtomobillariga nisbatan nafaqat qulay, balkim ishonchli va manyovrli edi.

Oʻsha afgʻon urushi yillarida zavod ilk bor Gʻarb sanktsiyalariga duch keldi. 1980 yilda Amerikaning Ingersoll Rand kompaniyasi Davlat deparatamenti bosimi ostida, imzolangan shartnomalarga qaramasdan,  zavodga tsilindrlarga ishlov berish uchun kerakli ehtiyot qismlarni yetkazib berishni toʻxtatdi. Fanlar Akademiyasi yordamida ushbu importga muhtojlik muammosi hal qilindi.

© Sputnik / Maksim Blinov
KamAZ 4386 "Tayfun"

Oʻtgan 45 yil davomida Naberejnыe Chelnы zavodi konveyeridan 2 milliondan ortiq avtomobil chiqdi. Ularning aksariyati bugungi kunda ham Rossiya, sobiq Ittifoq va dunyoning boshqa oʻnlab mamlakatlari yoʻllarini kezib yurmoqda.

1988 yilda avtomobil zavodi oʻzining sport jamoasi "KAMAZ-master"ni tashkil  qildi. Uning maqsadi yuk avtomobillari poygasida ishtirok etish va gʻalaba qozonish edi.

Ralli «Dakar–2009»
© Sputnik / RIA Novosti
Ralli «Dakar–2009»

1990 yilda KamAZ sportchi-haydovchilari xalqaro maydondan oʻzlarini barchaga tanitishdi – ilk bor “Tirik qolish” poygasi deb nom olgan Parij-Dakarda ishtirok etishdi. 1996 yildan boshlab  "KAMAZ-master" jamoasi 27 marotaba jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan bellashuvga chiqdi va 15 marotaba gʻalaba qozondi.

Asosiy mavzular