17:35 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Kolumnistlar
Havola olish
213131

Tramp maʼmuriyati 2021 yilning 1 mayiga qadar AQSH harbiylari Afgʻonistonni tark etishi haqida shartnoma imzolagan edi, lekin Bayden bu shartnomani bekor qilmoqchi. Demak, Afgʻoniston yana urush xavfi ostida.

NATO mudofaa vazirlari ikki kunlik videokonferentsi oʻtkazishmoqda. Bu Jo Bayden hukumat boshiga kelganidan soʻng oʻtkazilayotgan birinchi birinchi sammit boʻldi. Ushbu uchrashuv natijalari butun dunyo uchun muhim ahamiyatga ega boʻlishi mumkin.

Bunga sabab nafaqat Rossiya va Xitoy yana bir bor eng asosiy dushman deb koʻrsatilishi, balkim yaqin orada qonli urushga sabab boʻladigan yana bir qarorning eʼlon qilinishi boʻlishi mumkin.

Tablichka na stole predstaviteley dvijeniya Taliban
© Sputnik / Vladimir Astapkovich

Hammaga maʼlumki, Donald Tram prezidentlik davrida, AQShning soʻnggi bir necha prezidentlari orasida ilk bor, AQSH birorta ham yangi urush boshlamadi va mavjud urushlardan chiqishga va AQSH askarlarini uyiga qaytarishga harakat qildi. Birinchi navbatda Afgʻonistondagi askarlarni. Tolibon va AQSH orasida imzolangan shartnomaga muvofiq Afgʻoniston hududidagi barcha AQSH harbiylari 2021 yilning 1 mayiga qadar tark etishi kerak edi. Tramp davrida ularning soni 2,5 minggacha kamaytirildi. Yaʼni Afgʻonistondan chet el qoʻshinlari toʻliq olib chiqarilishiga qadar atigi 2 oydan sal koʻproq vaqt qoldi. Lekin Afgʻonistonda amerikaliklardan tashqari 7,5 ming NATO askarlari ham bor. Albatta ularni ham olib chiqish kerak. Amerikaliklar boʻlmasa, ularning oʻzlari ham qolishni istamaydi. Lekin aynan hozir Afgʻonistondan qoʻshinlarni olib chiqish haqidagi qaror bekor qilinishi mumkin. NATO mudofaa vazirlari hozir aynan ushbu masalani muhokama qilshmoqda.

AQSH yangi maʼmuriyati Afgʻonistondan chiqib ketishni istamaydi - qoʻshinlarni chiqarish haqida qaror rasman qabul qilinmagan boʻlsada, Vashington tolibon bilan shartnoma qayta koʻrib chiqilishini eʼlon qildi. Bahona - Tolibon oʻz zimmasiga olgan vazifalarni bajarmoqdami yoʻqmi - tekshirish. Yangi davlat kotibi Entoni Blinken oʻtgan yildayoq AQSH Afgʻonistonda qolishi kerak degan fikrlarni bildirgan edi. Demak bu borada masala allaqachon hal boʻlgan. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ham yaqinda Afgʻoniston boʻyicha qaror qabul qilish "oson boʻlmasligini" maʼlum qilgan edi:

"Biz qolib, harbiy ishtirok etishni davom ettirishimiz mumkin, yoki Afgʻonistonni tark etishimiz mumkin va shunda u yer yana terrorchilar makoniga aylanadi. Tanlov oddiy emas. <...> Tolibon bergan vaʼdasining ustidan chiqishi kerak: zoʻravonlikni kamaytirib terrorchi guruhlar bilan aloqalarni bas qilishi kerak. Buning oʻrniga esa biz tolibon tomonidan shifokor, sudya va jurnalistlarga qarshiqaratilgan oʻta kuchli zoʻravonlikni koʻrmoqdamiz", -degan edi shimoliy alyans bosh kotibi.

Lekin, aslida u biroz notoʻgʻri gapirmoqda: tolibon NATO askarlariga tegmaslik majburiyatini olgan edi, lekin Afgʻonistonning ichki mojarolariga kelsak - ularni hech kim toʻxtata olmaydi, va ularning asosiy sababi - Amerika tomonidan Afgʻoniston okkupatsiyasining davom etayotganidir. Agar hozir Vashington qoʻshinlarni olib chiqishdan voz kechsa - Afgʻonistonda keng koʻlamli urush boshlanadi. Hozir tolibon mamlakatning 4/3 qismini nazorat qilmoqda. Agar Amerika qoʻshinlarni olib chiqish vaʼdasini bajarmasa, ular NATO quroli yordamida hukumat boshida oʻtirgan Afgʻoniston hukumatiga va amerikalik okkupantlarga qarshi jangovar harakatlarni boshlaydi - nahotki Baydenga shu kerak boʻlsa?

Amerikaning muammosi shunda-ki, ular oʻzlariga sodiq rejimni saqlab qolgan holda Afgʻonistondan chiqib keta olishmaydi - buning mutlaq iloji yoʻq. 20 yillik okkupatsiya - AQShga afgʻon hamjamiyatining barcha qatlami nafratidan boʻlak hech narsa olib kelmadi. Ular qoʻshinlar chiqishi bilan hammasi tugashini yaxshi bilishadi.

Amerika ketganidan soʻng urushdan saqlab qolishning yagona yoʻli - bu koalitsion hukumat tashkil qilish edi. Amerika va tolibon orasidagi muzokaralarda aynan ana shular haqida soʻz yuritilgan edi. Lekin rasmiy Qobul tolibon bilan shartnoma tuzishdan qoʻrqadi - aynan shu sababli butun oʻtgan yil davomida ular Afgʻoniston ichida real reformalar boshlanishiga toʻsqinlik qilib kelishdi. Balkim ular Vashingtonda maʼmuriyat oʻzgarishini kutishgandi? - Ha, albatta. Lekin Bayden Afgʻonistonda yangi urush boshlashga tayyormi, u yerga yana minglab AQSH va NATO askarlarini yuborishga rozimi?

Lekin, oxir-oqibat, bir ikki yoki uch yildan soʻng ular baribir Afgʻonistondan ketishga majbur boʻladi-ku? Faqat u vaqtda, AQSH qoʻshinlarini olib chiqish uchun, vaziyat ancha noqulay boʻlishi mumkin.

Eng boshida AQShning Afgʻonistonda oʻrnashib olishiga asosiy sabab - butun Markaziy Osiyoga va unga tutash Rossiya va Xitoyga taʼsir oʻtkazish imkonini beradigan qulay platsdarmga ega boʻlish edi. Lekin oʻtgan 20 yil davomida Afgʻonistonda amerikaliklar uchun hech qanday ishonchli tayanch nuqtasi paydo boʻlmadi. Toliblar ham hech qayerga yoʻqolgani yoʻq va ular mamlakatning katta qismini hamon nazorat ostida ushlab turibdi.

NATOchilarning butun dunyoni nazorat qilish rejasi Tramp uchun hech qanday ahamiyatga ega emasdi. Shu sababli u qoʻshinlarni Afgʻonistondan olib chiqib, u yerni unutishga rozi edi. Bayden esa - Amerika dunyoviy gegemon boʻlib qolishiga haligacha ishonadi, vaholanki hozir buning uchun hech qanday sharoit va imkoniyat yoʻq. Buni bir qator vashingtonlik amaldorlar ham yaxshi tushunadi. Shu sababli ular 1 mayda qoʻshinlarni chiqarmasa ham, lekin keyinroq chiqarish ehtimoli juda katta.

Hozir AQSH Afgʻonistonda ikki yoʻlning boshida turibdi.

Birinchisi - tolibon yana jangovar harakatlarni boshlaydi. AQSH qoʻshin sonini koʻpaytiradi, afgʻon armiyasini tiklashga harakat qiladi, lekin bularning hammasi, odatdagidek, hech narsaga olib kelmaydi. Shundan soʻng amerikaliklar tolibon bilan yana muzokaralarni boshlaydi va qoʻshinlarni olib chiqishning yangi muddati haqida kelishib oladi. Muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka erishgan taqdirda tolibon Qobulni egallab oladi. Ana shunda amerikaliklar Afgʻonistonni tezkorlik bilan va sharmandalarcha tark etishga majbur boʻladi.

Ikkinchi yoʻl - buning uchun AQShga Rossiya kerak boʻladi. Bunda AQSH tolibondan qoʻshinlarni olib chiqishni biroz kechiktirishga kelishadi. Lekin buning uchun Afgʻoniston ichida haqiqiy muzokaralarni boshlashga toʻgʻri keladi. Bu ishni amalga oshirish uchun rasmiy Qobulga kuchli bosim oʻtkazilishi kerak. Bunga nafaqat AQSH, balkim Rossiya va Xitoy ham qoʻshilishi kerak. Tolibonni ishontirish uchun bir necha kuchli davlatlarning kafolati kerak boʻlad. Qobul hukumatiga Amerikadan soʻng qoladiga Afgʻoniston hukumatiga kuchlar balansi qanday boʻlishi keraklini juda yaxshi uqtirish kerak boʻladi.

Rossiya amerikalikarni aynan shu yoʻlga boshlashga harakat qilmoqda. Maʼlumki fevral oxiriga qadar Moskvada Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish boʻyicha "kengaytirilgan uchlik" formatida uchrashuv boʻlb oʻtishi kerak. Unda Rossiya, Xitoy va AQSH hamda Afgʻonistonga eng katta taʼsir oʻtkazishi mumkin boʻlgan ikki qoʻshnisi - Pokiston va Eron ishtirok etishi kerak. Lekin bu uchrashuvda eronliklar ishtiroki dargumon, chunki ular amerikaliklar bilan bir stol ortida oʻtirishni istamaydi. Bayden maʼmuriyati uchrshuva allaqachon tayyor boʻlgan - bu haqida chorshanba kuni Rossiya prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zamir Kabulov xabar qilgan edi. Kabulov ushbu maʼlumotni Amerikaning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili, (oʻtgan yil tolibon bilan shartnoma imzolashda ishtirok etgan) Xalilzaddan bilib olgan.

Zamir Kabulovning bayonoti aynan Sovet Ittifoni qoʻshinlarining Afgʻonistondan olib chiqilishining 32 yilligi kunida eʼlon qilingan edi. Sovet qoʻshinlari Afgʻonistonda 9 yil boʻlgan boʻlsa, AQSH - mana 19 yildan beri oʻsha yerda. Afgʻonistondan tinchgina chiqish uchun ularga Rossiya yordami kerak. Lekin Afgʻonistonda qolish uchun ularga hech narsa kerak emas - faqat oʻzining oʻza kuchli va hamma ish qoʻlidan kelishiga ishonsa bas. Bunga esa - na afgʻon xalqi, na Rossiya va na dunyoning qolgan qismi ishonmaydi. Umuman olganda, "Vashington botqogʻidan" tashqarida boʻlgan amerikaliklarning oʻzi ham ishonmaydi.

Asosiy mavzular