17:10 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Kolumnistlar
Havola olish
180521

F-35 Lightning II koʻp nishonli qiruvchi bombardimonchi Amerikaning yagonalik va harbiy qudratining yuqori texnologiya ramzi boʻlishi kerak edi.

Biroq “chaqmoq” bilan bogʻliq holatda AQSH harbiy sanoat majmuasining imkoniyatlar chegarasi belgilangan, biz “beshinchi avlod” koʻrinmas samolyotning sust halokatini kuzatmoqdamiz.

F-35 Amerika parklarining uch ikki qismi dvigatel bilan bogʻliq muammo sabab parvozlarni bajarishga qodir emas. Samolyot koʻplab jiddiy tuzilish kamchiliklariga ega, Pentagon tomonidan oʻrnatilgan sinovdan oʻtmagan va hozirgacha ommaviy ishlab chiqarish uchun maʼqullanmagan. Bugungi kunda AQSH havo harbiy kuchlari (HHK) oddiyroq 4+ avlod F-16 qiruvchilari foydasiga F-35 dan voz kechishga tayyor.

Avvaliga Pentagonda F-35A ga boʻlgan buyurtmalarni 40 foizdan ziyodroqqa – 1763 ta samolyotdan 1050 tagacha qisqartirishni taklif qilishdi. Bir vaqtning oʻzida AQSH HHK buyurtmalarni eskirayotgan, biroq ishonchli F-16 Fighting Falcon ga joylashtirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Hammasi noilojlikdan.

F-35 qiruvchi bombardimonchi AQSH harbiy havo kuchlari tomonidan besh yildan ziyod foydalanilmoqda, lekin surunkali ravishda past tayyorlik darajasi, ishlab chiqarishdagi koʻplab muammolardan aziyat chekadi. Avvalroq mudofaa vaziri oʻrinbosari Ellen Lord F-35 Lightning qiruvchilarining 36 foizi parvoz uchun yaroqligi, qolgan mashinalar “qisman ishlayotganini” maʼlum qilgandi.

F-35 donasini qariyb 100 million dollardan xarid qilgan Amerika ittifoqchilari va hamkorlarining (Buyuk Britaniya, Norvegiya, Isroil, Italiya, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya) umidi puchga chiqdi – samolyot beshinchi avlod parametrlariga mos kelmaydi, jangovar shaylikdan yiroq, oddiy qilib aytganda, koʻzlagan vazifalarni bajarishga qodir emas.

AQSH harbiy sanoat majmuasining “xom” mahsulotiga boʻlgan paradoksal navbat yoʻqolmaydi. Birlashgan Arab Amirliklari yaqinda elliktacha F-35ni yetkazib berish uchun shartnoma tuzdi. Isroil “chaqmoq” parkini 40 ta mashinagacha koʻpaytirish niyati borligini aytdi. Buni AQSH bilan “doʻstlik uchun” niqoblangan toʻlov deb tushuntirish mumkin.

F135 – eng kuchli omadsiz

Avvalroq “chaqmoq”ning super tezligi va korpusidagi buzilishlar, uchuvchilarga kislorod yetkazib berishdagi uzilishlar va F-35 loyihalashni taʼminlashdagi “kamchiliklar” haqida xabar qilingan edi. Muhandislar ishlash vaqtida kamchiliklarni bartaraf etishga urinishmoqda, lekin mushkul muammolar yumaloqlangan qor singari kattalashib boradi.

AQSH HHK F-35A qiruvchilari amerikaliklar “dunyodagi foydalanilayotgan har qanday qiruvchidan eng qudratli” deb hisoblaydigan F-135 dvigateli bilan jihozlangan. Ammo aynan u F-35 past mahsuldorligining asosiy sababi boʻladi. Injiq F135 tez-tez texnik xizmatni talab qiladi va samolyotdan foydalanish qiymatini sezilarli oshiradi. Taqqoslash uchun, F-35 ning bir soatlik parvozi 31 ming dollarga tushadi, F-16 niki esa 8 ming dollardan kamroqqa.

F-16 ni ham almashtirish vaqti kelgan

AQSH HHK jangovar shaylikni saqlash uchun noiloj F-35 ulushini qisqartirish va ularni modernizatsiya qilingan F-16 Fighting Falcon qiruvchilar bilan almashtirishni rejalashtirmoqda. F-16 toʻrtinchi avlod yengil qiruvchisi 21,8 tonna maksimal uchish massasiga ega, 7,7 tonnagacha aviabombalar va raketalarni tashishga qodir. Jangovar radiusi – 1700 kilometr, maksimal tezligi soatiga 2200 kilometr.

Bu mintaqaviy nizolar uchun yomon boʻlmagan mashina, lekin “beshincha avlod”dan bir qadam ortga chekinish yaxshi emas. Pentagon oʻzaro murosa izlamoqda.

HHK shtabi boshligʻi Charlz kichik K.Braun F-16 xarid qilishga qarshi chiqdi va yengil bir motorli qiruvchilarning mutlaqo yangi toifasini yaratishga chaqirdi. Amerika HHK F-16 Fighting Falcon qiruvchilarini yangi jangovar samolyotlarga almashtirish maqsadga muvofiqligini baholash uchun tadqiqot loyihasini ishga tushirdi. Tadqiqot 2023 yil boshida nihoyasiga yetadi.

Muammo F-35 gʻarb dunyosida ishlab chiqarilayotgan yagona “beshinchi avlod” qiruvchiligi bilan qiyinlashgan. Shartli ravishda u bilan raqobatlashayotgan F-15 va F-18 qiruvchilari ruhat eskirgan. AQShning yevropalik ittifoqchilari oʻzining beshinchi avlod qiruvchilarini ishlab chiqarishga bel bogʻlamaydi, Buyuk Britaniya, Polsha, Belgiya, Italiya esa umidsiz amerika F-35ni xarid qilishni moliyalashtirmoqda. “Chaqmoq”ni yaratishga sarflangan umumiy xarajatlar 400 milliard dollardan oshgan, lekin bu milliy byudjet mablagʻlarini teng sarflamaslikning boshlanishi ekan. AQSH Qurolli kuchlar senat qoʻmitasi F-35 ni “mudofaa xaridlarining singan tizimining... oddiy misoli” ekanini aytdi. Taniqli siyosatchi (oʻtmishda uchuvchi ham boʻlgan) Jon Makkeyn, hozirda marhum, adolatli qayd etgandi: “F-35 dasturining rekord darajadagi koʻrsatgichlari narx, jadval va mahsuldorlikka nisbatan bir vaqtning oʻzida janjal va fojia boʻlgan”.

“Chaqmoq” hali uzoq AQSH HHK va uning ittifoqdoshlarining chidamliligini sinaydi. F-35 ning bebaho “injiqliklariga” sabr qilishga toʻgʻri keladi. “Koʻrinmas” F-35 loyihasining surunkali muvafaqqiyatsizliklari ortidan muvaffaqiyatli uchayotgan va dunyodagi beshinchi avlod qiruvchilardan birinchi boʻlib gipertovushli raketalarni oʻzlashtirayotgan Rossiya qiruvchisi Su-57 ning texnologiya yutuqlari umidbaxsh boʻlib koʻrinadi. Amerikaliklar noiloj rus qurolining ustuvorligini tan olishmoqda.

Asosiy mavzular