16:13 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Coveщaniye Koordinatsionnogo soveta i Koordinatsionnoy gruppы ekspertov Yevraziya proshlo 23-26 sentyabrya v g. Alma-Ata

Qozogʻistonda “Yevroosiyo” Koordinatsion kengashining 37-majlisi boʻlib oʻtdi

© Foto : predostavleno organizatorami
Kompaniyalar xabarlari
Havola olish
134 0 0

Qozogʻistonning Olma-Ota shahrida 23-26 sentyabr kunlari MDH mamlakatlarining aeronavigatsiya xizmatlari provayderlarini birlashtiruvchi “Yevroosiyo” Koordinatsion kengashi hamda Koordinatsion ekspertlar guruhining 37-majlisi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston provayderlari va ushbu sohadagi sanoat korxonalari vakillari hamda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi (ICAO), Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) va Davlatlararo aviatsiya qoʻmitasi (MAK) delegatlari ishtirok etishdi.

“Yevroosiyo” KK aʼzosi boʻlgan aeronavigatsion korxonalar oʻz faoliyatlari haqida 2019 yilning aprel oyida boʻlib oʻtgan soʻnggi majlisdan buyon oʻtgan davrga doir hisobotlar taqdim etishdi. Shuningdek, Ekspertlar koordinatsion guruhi faoliyati hisoboti tinglandi va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Undan tashqari havo transportini tashkillashtirish borasida xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniyatlari belgilab olindi.

Tadbir doirasida “Yevroosiyo” KKda raislik vazifasi Rossiya Federatsiyasining “Havo harakatini tashkil qilish davlat korporatsiyasidan” Qozogʻiston Respublikasining "Kazaeronavigatsiya" davlat korxonasiga topshirildi.

Majlisda “HHTQ Davlat korporatsiyasi” bosh direktori Igor Moiseyenko “Yevroosiyo” KKning Rossiya raislik qilgan davri 2016 – 2019 yillardagi faoliyati yakunlari haqida hisobot berdi. Shuningdek, Moiseyenko tashkilotning uzoq muddatli rivojlanish istiqbolidagi ustuvor yoʻnalishlarni ham belgilab berdi. HHTQ rahbari Rossiyada havo harakati hajmida sodir boʻlgan  oʻzgarishlar, havo harakati boshqarish markazlarini yiriklashtirishda erishilgan muvaffaqiyatlar, parvozlar yuqori intensivligi davrida ularning doimiyligini va xavfsizligini taʼminlash, Saratovda Gagarin aeroportini ishga tushirish hamda Sheremetyevo aeroportida uchinchi qoʻnish yoʻlagini ishga tushirish haqida aytib berdi.

Undan tashqari, Igor Moiseyenko Rossiya havo harakatini tashkillashtirish Yagona tizimini zamonaviylashtirish, kadrlar tayyorlashdagi ustuvor masalalar borasida batafsil toʻxtalib oʻtdi. HHTQ rahbari, shuningdek, uchuvchisiz havo apparatlarni va tizimlarini yagona havo hududiga kiritishda tajriba almashish muhim oʻrin tutishini aytib oʻtdi.

Taklif qilingan mehmonlar va delegatlar mezbon "Kazaeronavigatsiya" DK va uning rahbari Azat Bekturov tomonidan tadbir yuqori darajada tashkillashtirilganini qayd etishdi. Kengash oxirida KK va KEGning 38-majlisi 2020 yilning bahorida boʻlib oʻtishi belgilab olindi.

Maqola tijoriy asosda chop etildi.

Asosiy mavzular