02:43 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Kompaniyalar xabarlari
Havola olish
51 0 0

WorldSkills Russia dunyoda birinchi boʻlib VIII Milliy chempionat finalini masofaviy ochiq formatda oʻtkazadi.

TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. WorldSkills Russia VIII Milliy chempionati finali 2020 yil 6 sentyabrdan 21 sentyabrga qadar boʻlib oʻtadi, ilk bor masofaviy ochiq formatda.

Koronavirus epidemiyasi butun dunyoda odatdagi ish tarziga oʻz tuzatishlarini kiritdi. Shu bilan birga yangi ufqlar ham ochildi: hozir raqamli maydonlarning omadi rosa chopgan. Har kungi yigʻilishlar, sport bilan shugʻullanish, doʻstlar bilan uchrashuv, biznes, maktab, universitet, muzeylar onlayn tarzga oʻtib ketdi. WorldSkills Russia ham taʼlim, mashgʻulotlar, musobaqalar va malakaga baho berishni masofaviy formatda oʻtkazish uchun yangi raqamli vositalar ishlanmalaridan chetda qolmadi.

Sistemnaya rabota po razvitiyu dvijeniya WorldSkills Russia
Foto predostavleno press-slujboy WorldSkills Russia
Sistemnaya rabota po razvitiyu dvijeniya WorldSkills Russia

Milliy chempionat finalini boshqa kunga koʻchirmaslik uchun ilk bor WorldSkills tizimida uning masofaviy ochiq formati ishlab chiqildi. Unga keyinchalik boshqa mamlakatlar tatbiq etishi va kadrlarni tayyorlash va milliy chempionatlarni oʻtkazishda oʻz tizimlarida qoʻllay oladigan eng yaxshi texnologiya va usullar kiritildi.

Sistemnaya rabota po razvitiyu dvijeniya WorldSkills Russia
Foto predostavleno press-slujboy WorldSkills Russia
Sistemnaya rabota po razvitiyu dvijeniya WorldSkills Russia

Milliy chempionat finali doirasida bahslar 130 ta malakalar boʻyicha boʻlib oʻtadi (oʻsmirlar uchun – 70). Milliy chempionatda 2800 nafardan ziyod kishi ishtirok etadi, ular orasida oʻsmirlar va xorijlik ishtirokchilar boʻladi. Taqqoslash uchun: 2018 yilda ular 700 nafar, 2019 yilda esa 1500 nafar edi. Ekspertlar uyushmasi 700 nafardan ziyod kishini tashkil etdi. WorldSkills Russia tomonidan ishlab chiqilgan yangi format chempionatda butun mamlakat boʻylab maksimal ishtirokchilar qatnashishiga imkon berdi. Shunday qilib, 2020 yilgi WorldSkills Russia VIII Milliy chempionati finali Rossiyada 8 yil ichidagi eng koʻlamlisi boʻladi. Barcha xohlovchilar bahslarni dunyoning istalgan burgachidan onlayn efir yordamida kuzatishlari mumkin.

Malakalar (kompetentsiya) 7 ta kasb bloklariga muvofiq keladi: qurilish va qurilish texnologiyalari; informatsion va kommunikatsiya texnologiyalari; ijodkorlik va dizayn; ishlab chiqish va muhandislik texnologiyalari; xizmat sohasi; transport va logistika; Future Skills.

Final kollejlarning mintaqa maydonlari hamda malakalar ixtisoslashgan va xalqaro markazlarida boʻlib oʻtadi. Bosh ekspertlar real vaqt rejimida musobaqalar borish jarayonini kuzatadi va reglamentga mos kelishni nazorat qiladi.

Final chempionata WorldSkills Russia proxodit v distantsionno-ochnom formate. Orenburgskaya oblast
Foto predostavleno press-slujboy WorldSkills Russia
Final chempionata WorldSkills Russia proxodit v distantsionno-ochnom formate. Orenburgskaya oblast

Ishtirokchilar chiqishini baholash masofaviy va onlayn texnologiyalarni qoʻllash bilan amalga oshiriladi. Baholar tizimi bir nechta bloklarga ajratiladi. Musobaqa qatnashchisi ishi ekspertlar tomonidan mintaqada yoki masofaviy tarzda koʻz bilan nazorat qilish vositalari yordamida baholanadi. Masofaviy baholashning imkoni boʻlgan narsalar eksress pochta bilan Novokuznetskdagi musobaqalarni boshqarish asosiy markazi yoki musobaqalarni boshqarish yordamchi markazlariga joʻnatiladi. Ular Moskva va Qozondagi maydonlarda joylashgan.

Final chempionata WorldSkills Russia proxodit v distantsionno-ochnom formate. Tyumenskaya oblast
Foto predostavleno press-slujboy WorldSkills Russia
Final chempionata WorldSkills Russia proxodit v distantsionno-ochnom formate. Tyumenskaya oblast

Qolaversa, “Kelajakka chipta” platformasida keluvchilar uchun Try-a-skill – “Kasbda oʻziningni sinab koʻr” maxsus masofaviy loyiha tashkil etiladi. Har bir xohlovchi virtual ekskursiyada ishtirok etishi va kompetentsiyalarda oʻz kuchlarini zamonaviy onlayn faollik yordamida sinab koʻrishlari mumkin.

Final chempionata WorldSkills Russia proxodit v distantsionno-ochnom formate. Respublika Tatarstan
Foto predostavleno press-slujboy WorldSkills Russia
Final chempionata WorldSkills Russia proxodit v distantsionno-ochnom formate. Respublika Tatarstan

Ishning global usulidagi oʻzgarishlar va raqamli iqtisodiyotning oʻsishini eks ettiruvchi transformatsiya qoʻshma saʼy-harakatlar mahsulidir. WorldSkills Russia allaqachon yangi metodikalarni ishlab chiqarishda ilgʻor va milliy chempionatni yangi, masofaviy ochiq formatda oʻtkazish Rossiya Federatsiyasi Taʼlim vazirligi, Kuzbass hukumati, Strategik tashabbuslar agentligi (ASI) va dunyoning 50 ta yetakchi kompaniyalar hamkorlari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan.

Final chempionata WorldSkills Russia proxodit v distantsionno-ochnom formate. Vladimir
Foto predostavleno press-slujboy WorldSkills Russia
Final chempionata WorldSkills Russia proxodit v distantsionno-ochnom formate. Vladimir

Kuzbass – dunyoning eng katta koʻmir koni joylangan yerlaridan biri – VIII Milliy chempionat markazi boʻladi. Bu yerda ogʻir sanoat, metallurgiya korxonalari joylashgan. Bugun Kuzbass faol ravishda rivojlanmoqda, zavodlarda eng yuqori jahon standartlariga mos keluvchi zamonaviy texnoligiyalar, ilgʻor mexanizm ishlari tatbiq etilmoqda. Mintaqaga yuqori darajadagi professionallar kerak. Shuning uchun milliy chempionat finalini oʻtkazish – yoshlarga talab qilanayotgan mutaxassisliklarning barchasini koʻrsatish uchun ajoyib imkoniyat.

Final chempionata WorldSkills Russia proxodit v distantsionno-ochnom formate. Novosibirsk
Foto predostavleno press-slujboy WorldSkills Russia
Final chempionata WorldSkills Russia proxodit v distantsionno-ochnom formate. Novosibirsk

Chet ellik qatnashchilar ham anʼanaviy tarzda WorldSkills Russia milliy chempionatiga qoʻshilish va taʼlim olish hamda bir nechta malakalar boʻyicha musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega. Chempionat doirasida Yevroosiyo hududidagi mamlakatlar musobaqa qatnashchilari uchun yevroosiyo sinovi rejalashtirilmoqda.

“WorldSkills Russia kadrlarni tayyorlash kompleks tizimini tuzish, profesional mahorat boʻyicha chempionatlarni tashkil etish hamda oʻqitishni oʻtkazish uchun raqamli xulosa yaratish va rivojida hamkor mamlakatlar bilan katta halqaro hamkorlik tajribasiga ega, - deydi WorldSkills Russia bosh direktori Robert Urazov. – Hozir biz Yevroosiyo hududidagi, jumladan, MDHdagi mamlakatlarda kadrlarni tayyorlash tizimiga shunday xulosalarni tatbiq etishga koʻmaklashmoqdamiz. Bu ish doirasida biz Rossiya maydonlari, WorldSkills Russia raqamli infratuzilmalari va resurslari hamda kompaniyalar va taʼlim muassasalarining hamkorlik tarmogʻiga masofaviy ulanib, birgalikda mashgʻulotlar oʻtkazamiz. Bunday yondashuv ishlab chiqilgan texnologiyalarni takomillashtirishga imkon beradi, MDH mamlakatlari bilan yagona mehnat bozorini yuqori malakali mutaxassislar bilan birgalikda koʻpaytirish va keyinchalik taʼminlashga koʻmaklashadi”.

Musobaqaning oʻzbek qatnashchilari va ekspertlarining chempionatda ishtirok etishi – mamlakatda harakatni yanada rivojlantirish va WorldSkills Russia tomonidan milliy finalda sinovdan oʻtkazilayotgan dunyodagi eng ilgʻor amaliyot va vositalarni oʻrta professional taʼlim tizimiga tatbiq etish maqsadida Respublikaning WorldSkills Russia bilan hamkorligining bir qismi.

Professional mahorat boʻyicha musobaqa tashkil etishdan tashqari, hozir WorldSkills Russia yordamida bir nechta tashabbus amalga oshirilmoqda. Ular orasida monomarkaz negizida band boʻlmagan aholiga xizmat koʻrsatish boʻyicha WorldSkills Russia standartlariga boʻyicha professional taʼlim markazi va malakani baholash markazini tashkil etish, ishchi kasblar boʻyicha mutaxassis va ekspertlarni birlashtirish yoʻli bilan ekspertlar uyushmasini tuzish hamda har bir alohida malaka boʻyicha ekspert tarmogʻini yaratish.

WorldSkills Russia uje ne pervыy god sotrudnichayet s predstavitelyami iz Uzbekistana v chasti razvitiya dvijeniya WorldSkills v strane
Foto predostavleno press-slujboy WorldSkills Russia
WorldSkills Russia uje ne pervыy god sotrudnichayet s predstavitelyami iz Uzbekistana v chasti razvitiya dvijeniya WorldSkills v strane

Respublikada professional taʼlim dasturiga keyinchalik skill-pasportlarini berish bilan WorldSkills standartlari boʻyicha malakani mustaqil baholash tatbiq etilmoqda. U joriy yildan oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy diplomga tenglashtiriladi va namoyish uchun belgilangan imtihonlarni topshirganlarga beriladi, 2020 yil 1 yanvardan.

Yaqinda WorldSkills Russia va Oʻzbekiston Respublikasi Ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi oʻrtasida imzolangan bitim harakatning kelajakda keng miqyosda yoyilishini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida kasbiy taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan birgalikdagi turli loyihalarni nazarda tutadi. 

WorldSkills Russia zapuskayet novыy ochno-distantsionnыy format obucheniya Future Skills Camp
Foto predostavleno press-slujboy WorldSkills Russia

Bundan tashqari, WorldSkills Russia milliy musobaqalar oʻtkazishga yordam beradi: Qozogʻiston va Rossiya bilan birgalikda respublikada ishchi kasblar boʻyicha birinchi Oʻzbekiston ochiq chempionati oʻtkazildi. WorldSkills, shuningdek, 2021 yili Shanxaydagi kasbiy mahorat boʻyicha oʻtkaziladigan jahon chempionatida respublika sharafini himoya qiluvchi Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibini shakllantirish va ularni musobaqaga tayyorlashga yordam beradi.

WorldSkills Russia tomonidan ishlab chiqilgan masofaviy ochiq format katta global oʻzgarishlarga qaramasdan Oʻzbekiston bilan samarali hamkorlikni oʻsha darajada davom ettirishga imkon beradi. Masalan, 2020 yil iyun oxirida bunday format Future Skills Camp taʼlimi doirasida sinovdan oʻtkazilgan edi. Oʻshanda yosh oʻzbekistonlik mutaxassislar zamonaviy raqamli iqtisodiyot uchun eng istiqbolli oʻnta kasblar boʻyicha treningda ishtirok etdi.

WorldSkills Russia uje ne pervыy god sotrudnichayet s predstavitelyami iz Uzbekistana v chasti razvitiya dvijeniya WorldSkills v strane
Foto predostavleno press-slujboy WorldSkills Russia
WorldSkills Russia uje ne pervыy god sotrudnichayet s predstavitelyami iz Uzbekistana v chasti razvitiya dvijeniya WorldSkills v strane

WorldSkills Russia VIII Milliy chempionati finali doirasida yana ishlab chiqilgan raqamdi texnologiyalarni nafaqat oʻz maydonlarida, balki hamkor mamlakatlar maydonlarida ham sinovdan oʻtkazib maʼqullaydi, shunday qilib ularni takomillashtiradi va u yoki bu milliy oʻqitish tizimiga moslashtiradi. Olish va keyinchalik WorldSkills Russia “laboratoriyalarida” yaratilgan vositalarni kadrlar tayyorlash oʻz milliy tizimida tatbiq qilish uchun mamlakatlar kasbiy mahorat boʻyicha Rossiya milliy chempionatlarida ishtirok etishda yuqori qiziqish bildirishmoqda. Shunday qilib, WorldSkills Russia amaliyotini nafaqat milliy, balki global darajada ham kengaytiradi.

Bu yil oʻzaro tajriba almashish va yangi texnoligiyalarni oʻrganish uchun, jumladan, maxsus onlayn dastur boʻladi. Uni WorldSkills Russia vakillari xorijlik hamkorlar uchun oʻtkazadi va musobaqa oʻtkazish uchun raqamli va onlayn xulosani tatbiq etishga bagʻishlanadi.  40 ta mamlakat ishtirokchilari dasturga mustaqil ekspert va kuzatuvchi sifatida qoʻshiladi. Dastur doirasida oʻtkaziladi: raqamli va onlayn texnologiyalardan foydalangan holda WorldSkills Russia milliy chempionati yangi formatiga bagʻishlangan sessiya; musobaqalar boʻlib oʻtayotgan chempionatning masofaviy maydonlariga hamda musobaqalarni boshqarayotgan markazlarga onlayn tur; masofaviy tarzda WorldSkills standartlari boʻyicha mustaqil baholashni oʻtkazish treningi; onlayn trening va musoqalarni tashkil etish va oʻtkazish uchun sanoat hamkorlar va kompaniyalar bilan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida business talk; malakalarning 7 ta asosiy bloklari boʻyicha masofaviy va onlayn musobaqalar modelini tatbiq etish boʻyicha sessiyalar.

Zamonaviy shart-sharoitlar kadrlarni tayyorlash professional tizimiga qarshi chiqdi. Ular uning rivojlanishida yangi, nodir bosqichga koʻmaklashdi. Masofaviy va taqsimlovchi formatga nafaqat chempionatlar, balki taʼlim va ish jarayonlarini ham oʻtmoqda. Shu tariqa mehnat bozorida ishga joylashish va ish joylarining yangi modellari shakllanishiga imkon tugʻdirmoqda. Bularning barchasiga qoʻshimcha ravishda yangi voqelik harakatchanlik imkoniyatini yaratmoqda – axir raqamli formatda bu yanada osonlashmoqda. Shu bilan birga kadrlarning bunday harakatchanligi va global integratsiyasi jahon miqyosidagi koʻnikmalar muhimdir. Oʻzbekistonda WorldSkills harakatini rivojlantirishga oid tizimli ish mehnat resurslarini harakatchanligini oshirishga imkon beradi. Bunda yagona mehnat bozori va MDH mamlakatlaridagi yagona ish standartlari ham inobatga olinadi.  Respublika tomonidan skill-pasportlarning oʻrta professional taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy hujjat sifatida tan olinishi – oʻqitish samarali tizimining shakllantirish yoʻlida katta qadam va mamlakatda malakani tasdiqlanishi. Masofaviy ochiq format doirasida musobaqada qatnashayotgan oʻzbekistonlik ishtirokchi va ekspertlar oladigan yangi usullar va texnologiyalar bu jarayonlarni tezlashtirishda yordam beradi.

Musobaqalar KNAUF, IEK, 1S, Elfort kompaniyalari koʻmagida boʻlib oʻtmoqda.

WorldSkills Russia chempionati haqida batafsil quyida: https://wsr.online/

Loyiha hamkori

Asosiy mavzular