Vera Brejneva Toshkentda konsert beradi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishXonanda Vera Brejneva.
Xonanda Vera Brejneva. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Istiqlol” san’at saroyida o‘tishi rejalashtirilgan konsert 19:00 boshlanadi. “VIA Gra” guruhining sobiq a’zosi, mashhur, jozibali xonanda konsert boshlanguniga qadar serquyosh O‘zbekistonimizning iliq ob-havosidan bahramand bo‘lmoqda.

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Bugun Toshkentda Vera Brejnevaning yakkaxon konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

“Istiqlol” san’at saroyida o‘tishi rejalashtirilgan konsert 19:00 boshlanadi. “VIA Gra” guruhining sobiq a’zosi, mashhur, jozibali xonanda konsert boshlanguniga  qadar serquyosh O‘zbekistonimizning iliq ob-havosidan bahramand bo‘lmoqda.

"Assalomu alaykum, Toshkent! Tashqaridagi ob-havoga qarab, kalendar 15-dekabrni ko‘rsatib turganiga ishonish qiyin!", — yozadi san’atkor o‘z “Instagram”ida.

Chiptalarni “Istiqlol” san’at saroyi kassalaridan xarid qilish mumkin. Chiptalar narxi 100 000 dan 800 000 so‘mgacha.

Vera Brejneva yaqinda reper T-killah bilan hamkorlikda “Etaji” nomli yangi klipni o‘z muxlislari e’tiboriga havola qildi. Klip muxlislar e’tiborini qozonishi uchun ikki san’atkor, hatto, osmono‘par binoga chiqishdan ham qo‘rqmadilar. Klip Moskva shahri markazidagi 22 qavatli bino tomida suratga olindi.

Bugungi konsertda xonanda o‘zining ushbu yangi trekini ham ijro etsa, ajabmas.

 

Yangiliklar lentasi
0