Xitoyda dunyoda birinchi uchuvchisiz "taksi" ishlab chiqarildi

© EhangEhang 184 uchuvchisiz kvadrokopter
Ehang 184 uchuvchisiz kvadrokopter - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
To‘rt vintli kvadrokopter yer yuzasidan 300-500 metr balandlikda 100 km/soat tezlik bilan harakatlanishga mo‘ljallangan. Parvoz uzoqligi 16 km, davomiyligi 23 minut, balandligi 3,5 kilometr.

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Xitoyning Ehang kompaniyasi Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan CES —2016 ko‘rgazmasida dunyoda birinchi yo‘lovchi tashishga moslashgan uchuvchisiz apparat — Ehang 184ni taqdim qildi, RIA Novosti  Guardian xabariga asosan.

Guanchjoulik ishlab chiqaruvchi tomonidan yaratilgan elektrik kvadrokopter Ehang 184  vazni 100kgacha bo‘lgan bir yo‘lovchini, to‘liq avtomatik ravishda 16 km masofaga olib borib qo‘yishi mumkin. To‘rt vintli kvadrokopter yer yuzasidan 300-500 metr balandlikda 100 km/soat tezlik bilan harakatlanishga mo‘ljallangan. Parvoz uzoqligi 16 km, davomiyligi 23 minut, balandligi 3,5 kilometr.

© EhangEhang 184 uchuvchisiz kvadrokopter
Ehang 184 uchuvchisiz kvadrokopter - Sputnik O‘zbekiston
Ehang 184 uchuvchisiz kvadrokopter

Kompaniya vakillari aytishiga qaraganda ular allaqachon yo‘lovchi bilan sinov parvozlari o‘tkazishgan, endigi masala esa ushbu transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish. Passajirlar uchun uchuvchi litsenziyasi kerak bo‘lmaydi.

Ehangning bosh moliyachisi Shan Saoning so‘zlariga qaraganda, apparat shu yil savdoga chiqadi va uning narxi taxminan 200-300 ming dollarni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0