07:41 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Madaniyat
Havola olish
130 0 0

Facebook ijtimoiy tarmogʻi foydalanuvchilari moskvalik Irina Dolgix loyihasini zoʻr qiziqish bilan kuzatishmoqda. Rassom qiz 1 apreldan boshlab har kuni buxoroliklar suratini chizib, ular hayoti haqida yozib bormoqda.

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Moskvalik rassom Irina Dolgix Oʻzbekistonda oʻzining "Buxoroning 60 vakili" loyihasini hayotga tatbiq etmoqda. Ushbu loyiha doirasida Irina 60 kun ichida 60 nafar buxorolik portretini chizadi. Natijalar kuniga Facebook ijtimoiy tarmogʻida eʼlon qilinmoqda.

Zamonaviy sanʼat instituti bitiruvchisi Irinaning tan olishicha, u Buxoroga bir necha bor tashrif buyurgan. Koʻxna shahar qizga shu qadar yoqib qolganki, mana u yarim yildan buyon shu yerda yashab, shahar tarixi haqida soʻzlashning oʻziga xos uslubini oʻylab topdi.

"Loyiha mazmuni shundaki: 60 kun ichida milliy liboslarda 60 buxorolik portretini qogʻozga tushiraman", — deb hikoya qiladi rassom.

Loyiha 1 apreldan boshlab ishga tushgan. Irina shu kunga qadar 43 nafar buxorolikning portretini chizishga muvaffaq boʻlgan. Eng qizigʻi, rassom surat chizish bilan cheklanib qolmay, balki, har bir qahramonidan uning shahardagi hayoti, oilasi, eng qiziqarli va muhim xotiralari haqida soʻrab, shular asosida hikoyalar yozib bormoqda. Shu tarzda, internet tarmogʻida eʼlon qilingan har bir surat Buxoroda odamlar qanday yashashlari haqida soʻzlovchi hikoyalar bilan joylashtirilmoqda.

Asosiy mavzular