12:34 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Shoir Muhammad Ismoil, arxiv surat

Muhammad Ismoil: "Matbuot faol ishlaganda, virtual qabulxonaga hojat yoʻq edi"

© Foto : iz lichnogo arxiva poeta
Madaniyat
Havola olish
109654

Muhammad Ismoilni shak-shubhasiz avlod ovozi deb atash mumkin. Shoir tinimsiz izlanishda: yangi chop etilayotgan kitoblari, u tomonidan oʻtkazilayotgan ijodiy uchrashuvlar buning yaqqol dalilidir. Bundan tashqari, minglab sheʼriyat ixlosmandlari Muhammad Ismoil faoliyatini facebook ijtimoiy tarmogʻi orqali ham kuzatib boradilar

TOSHKENT, 24 noya — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Muhammad Ismoil Rahmonqulovich 1964 yilning 13 martida Sirdaryo viloyatining Xovos qoʻrgʻonida tugʻilgan. 1986 yilda OʻzMU jurnalistika fakultetida tahsil olgan. Ilk sheʼriy toʻplami — "Tazarru saodati" 1991 yilda chop etilgan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Robindranat Tagor xalqaro mukofoti sovrindori, "Istiqlol tongi" mukofoti sovrindori, shoir, yozuvchi, publitsist.

- Ilk yozgan satrlaringiz yodingizdami?

— Ha, albatta. Oltinchi sinf paytlarim edi. Beshinchi sinfda oʻqiydigan qizni koʻz ostimga olib yurardim. Ammo koʻzi koʻzimga tushgan zahoti oʻzimni qoʻyarga joy topolmay berkinar, yuragim hapriqib ketardi. Uni ortidan soyaday ergashib yurardim. Kechalari u yashaydigan uyning derazasini poylardim. Zora, uzoqdan boʻlsayam  koʻrinsaydi, derdim. U esa, deraza pardalarini yopib qoʻyar, men esa parda ortidan uning qorasini koʻrib, zavqlanardim. Chiroq oʻchgach, deraza yumilgan koʻzga oʻxshab qolardi.

Koʻzi yumuq deraza,
Tushlar koʻrib, orom ol.
Qani, u qiz demasa,
Kelgan oʻtkinchi shamol.

Koʻzingni och deraza,
Koʻnglim gulga aylangan.
Qiz koʻnglimga qarasa,
Gulim unga atalgan.

Qarasa dunyoda eng,
Zoʻr gulni u oladi.
Qaramasa, gullarim

Shoʻra boʻlib qoladi.

Bu mening birinchi yozgan sheʼrim. Bu sheʼrni oʻsha qizning uyi atrofida, Oy yorugʻida yozganman. Yozishimning sababi, unga yoqishni juda-juda istardim. U qiz uchun sheʼr yozishga ham, qoʻshiq aytishga ham, aʼlochi boʻlishga ham tayyor edim. Hamma meni maqtasa-yu, u qiz eshitsa derdim. Meni, nazariga ilsa, unga munosib boʻlsam deb orzu qilardim. Shu kuch, shu shijoat bilan tuman, viloyat gazetalarida sheʼrlarim chop etila boshladi. Maktabni aʼlo baholarga tugatdim. Shu shiddat bilan dorilfunun talabasi boʻldim.

- Koʻpincha, "sevgi-muhabbat" tufayli shoir boʻlganlar haqida eshitib qolar edim, demak, sizni ham shu taqdir chetlab oʻtmagan ekan-da?

Shavkat Mirziyoyev, arxiv surat.
© Sputnik / Aleksey Drujinin
- Bolaligimdan shoirtabiat edim. Xudo peshonamga shu qismatni bitgan ekan, shukur, noliydigan joyim yoʻq. Shu qiz tufayli shoir boʻldim desam, Xudoning taqdiriga shak keltirgan boʻlaman. Menimcha, shoirlik bitta qizni sevish bilan amalga oshib ketadigan jarayon emas. Xudo, odamni shoir boʻlishi uchun koʻp chigʻiriqlardan oʻtqazadi, koʻp sinaydi, boshiga mashaqqatlar soladi, qalbini iztiroblar qozonida obdon qaynatadi. Shoirning yuragi goh ming gradus boʻlib yonadi, goh minus yuz gradus sovub ketadi.

- Ijodning hayotingizdagi  oʻrni qanday?

— Men tirik diktafonga oʻxshayman. Nimanidir eshitsam, kimnidir koʻrsam, beixtiyor miyamga yoza boshlayman va xotiramga joylashtiraman. Ijod kundalik hayotimga aylangan. Ijoddan tashqaridagi hayotim yoʻq. Ijod shunday narsaki, yaqinlashganingiz sari u ham peshvoz kelaveradi, uzoqlashsangiz, u ham sizdan uzoqlashaveradi. Himolay choʻqqisiga chiqmagan alpinistlar koʻp boʻlgani singari, ijod choʻqqisiga chiqmagan ijodkorlar ham koʻp. Shularning biri menman. 

- Bugungi kunda shoirlarning ijod qilishida Yozuvchilar uyushmasining roli qanday?

— Oʻzbekistonning siyosiy, ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida juda koʻp oʻzgarishlar boʻlmoqda. Ammo, shoir-yozuvchilar bu oʻzgarishlarda faol ishtirok etayotgani yoʻq. Masalan, Prezidentlikka nomzod SH.M.Mirziyoyev virtual qabulxona ochdi. Agar matbuot faol ishlaganda, gazeta, radio,televideniya odamlar dardini, muammolarini oʻz vaqtida yoritib borganda virtual qabulxonaga xojat yoʻq edi.

Hozir, virtual qabulxona matbuot qilishi kerak boʻlgan ishni bajarayapti. SH.Mirziyoyevning bu tashabbusi hamma matbuot xodimlariga saboq boʻlishi kerak. Shu jumladan, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga ham. Afsuski, virtual qabulxona ochilgandan, odamlar oʻz mushkulotlarini baralla ayta boshlagandan keyin ham, matbuot jim. Yozuvchi, shoirlar ham jim. Umid qilamanki, SH.Mirziyoyev vaqti kelib, matbuotni ham, badiiy soʻz ustalarini ham "gapirtirib" yuboradi.

- Olamda roʻy berayotgan voqealarga munosabatingiz?

— Yer yuzi, bitta inson tanasiga oʻxshaydi. Insonning biror joyi ogʻrisa, badanning boshqa aʼzolari ham azob chekadi. Amerikada kim Prezident boʻlishining Oʻzbekistonga  taʼsiri bor. Suriyadagi urush hech kimni befarq qoldirayotgani yoʻq. Yevropada nima boʻlayotgani bizga ahamiyatsiz emas. Amerikada ilm-fan rivojlanayotgan ekan, bizda ham ilm-fan oʻsha darajada rivojlanmas ekan, Amerikaga qaram boʻlib qolaveramiz. Oʻzbekiston avvalo ilm-fan, bilim salohiyati  jihatidan dunyo davlatlari bilan tenglikka erishishi kerak. Qaysi davlatda olimlar, ziyolilar, muttafakirlar, donishmandlar koʻp ekan, oʻsha davlat eng kuchli davlatdir. Kuchsiz davlatlar, kuchli davlatlarga xizmat qilaveradi, barcha boyliklarini oʻz qoʻli bilan eltib beraveradi. 

- Rus shoirlari ijodini ham kuzatib borasizmi?

— Afsuski, hozirgi zamonaviy rus sheʼriyati bilan yaqindan tanish emasman. Mayakovskiy, Tsvetayeva, Voznesenskiy, Yevtushenko, Axmadulinalarni sevib oʻqiyman. Yevgeniy Yevtushenko bilan uchrashish eng katta orzularimdan biri. Agar u odam men bilan uchrashishga rozilik bildirsa, oʻsha zahoti Moskvaga uchib borardim.

Poet Abdulla Aripov
© Foto : iz lichnogo arxiva poeta Muxammada Ismaila
Shoir Muhammad Ismoil kitobi

- Ayni kunda qaysi asar ustida ishlayapsiz?

— Uch yildan buyon "Jolutga atalgan tosh" nomli qissa yozayapman. Bu qonxoʻr, zolim xukmdor haqidagi qissadir. U Xudodan qoʻrqmay, oʻz podsholik davrida minglab odamlarni oʻldiradi. Bir kuni osmondan kichkinagina toshcha kelib, uning boshini qoq ikkiga yorib yuboradi. Insonning joni omonat, Xudo uni istagan paytda, bir lahzada olib qoʻyishi haqidagi qissa bu. Hammamiz ham shundaymiz. Bugun bor, ertaga yoʻqmiz. Bugun yaxshilik qilib qolmasak, ertaga boshimizga doʻzax azobi tushishi mumkin.

Knigi poeta Muxammada Ismaila
© Foto : iz lichnogo arxiva Muxammada Ismaila
Knigi poeta Muxammada Ismaila

- Sputnik mushtariylariga tilaklaringiz?

— Avvalombor, Moskvada oʻzbek tilidagi sayt faoliyat yuritayotganidan xursandman. Sababi, rus va oʻzbek ijodkorlari oʻrtasidagi aloqalarni bu sayt tiklaydi, degan umiddaman. Rus tili, oʻzbek adabiyoti bilan jahon adabiyoti oʻrtasida koʻprik vazifasini oʻtashi mumkin. Rus adabiyoti, dunyo adabiyotida birinchi oʻrinlarda turadi. Tolstoy, Dostoyevskiy, Gogol haqiqiy daho yozuvchilardir. Pushkin, Lermontov, Yesenin daho shoirlardir. Paustovskiy, Shukshinlarga dunyo adabiyotida hech kimni tenglashtirib boʻlmaydi. Shuningdek, rus jurnalistikasi maktabi dunyo matbuotining eng peshqadam maktablaridan biridir. Biz, bu maktabdan juda koʻp saboq olishimiz kerak. "Sputniknʼyus" mushtariylariga, qardosh rus xalqi ijodkorlariga oʻzimning alangali salomimni yoʻllab qolaman. Sogʻ boʻlinglar!

Asosiy mavzular