Eng ko‘p o‘qilgan kitoblar ro‘yxati e’lon qilindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishKitoblar
Kitoblar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Sharq ziyokori" kitoblar markazi ushbu yilning 9 oyi davomida O‘zbekistonda eng ko‘p sotib olingan kitoblar ro‘yxatini e’lon qildi.

TOShKENT, 24 noya – Sputnik. O‘zbekistonda ushbu yilning 9 oyi davomida eng ko‘p sotib olingan kitoblar ro‘yxati e’lon qilindi. Reytingning birinchi 6-o‘rinni quyidagi kitoblar egallagan.

6. "Men dunyoni anglayman" 2 tomlik bolalar ensiklopediyasi "Sharq Ziyokori" kitoblar markazi e’lon qilgan reytingning 6- qatoridan o‘rin olgan.

5. “Vavilonlik eng boy odam”. Jorj Semuel Kleysonning ushbu asari ko‘pchilikni o‘ylantiruvchi, nochorlikda kim aybdor?, farovonlikka erishishning yo‘li bormi?, kabi savolllarga javob izlaydi. Sabr, hushorlik, jur’at va halollik kabi fazilatlar insonning yuzini hech qachon yerga qaratmasligini xulosa qiladi.

4. Abdulla Qodiriy, Tanlangan asarlar. O‘zbek mumtoz adabiyotidan mustahkam o‘rin olgan "O‘tkan kunlar", "Mehrobdan chayon" romanlari va "Diyori bakr" hikoyalari bir kitobda chop etilishi ko‘pchillikka manzur bo‘ldi.

3. Boy ota, kambag‘al ota, amerikalik millioner va orator Robert Kiyosaki qalamiga mansub ushbu asar butun dunyoda judda ommaviy. Kitobda Kiyosaki o‘z bolaligini eslab, o‘z otasi (kambag‘al ota) va uning boy-badavlat do‘stining otasi farzandlariga qanday tarbiya berganini esga oladi. Ushbu kitob bo‘lajak millionerlar dastlabki qadamini qo‘yishiga yordam berishi mumkin.

2. “Odamiylik mulki”. Yozuvchi Toxir Malik qalamiga mansub ma’naviyat va tarbiya masalalariga bag‘ishlangan “Ishq”, “Baxt” va “Saodat” asarlari, kitobxonlar talablarini inobatla olib, to‘liq holda bir muqovaga jamlangan.

1. “Amir Temur saltanatida xavsizlik xizmati”. Ushbu kitob Amir Temur shaxsining yangi bir qirrasini ochadi. Uning davlat xavsizligi ta’minlashdagi muxim omil-razvedka va kontrrazvedka sohasida olib borgan o‘ziga xos va ayni damda odilona siyosati, jangovar faoliyati asarda anniq va ravshan yoritib beriladi. Sarkardaning erishgan zafarlari, buyuk davlatni barpo etishda unga yordam bergan xafsizlik xizmatining tutgan o‘rni asoslangan tarixiy faktlar va voqealar asosida bayon etiladi.

Eslatib o‘tamiz, "Sharq ziyokori" O‘zbekistondagi eng yirik kitoblar markazi bo‘lib, 20-yildan beri faoliyat yuritib keladi. Markaz O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari "Sharq", "O‘zbekiston", "O‘qituvchi", "O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi", "Cho‘lpon" nashriyotlari tomonidan ta’sis etilgan. Markaz O‘zbekistonda bugungi kunda faoliyat yurgizib kelayotgan yuzdan ortiq nashriyotlar bilan hamkorlik qiladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Yangiliklar lentasi
0