07:06 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Navroʻz bayramini nishonlash. Arxiv surat

Navroʻz YUNESKO nomoddiy boyliklari roʻyxatiga kiritildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid
Madaniyat
Havola olish
20211

YUNESKO Sharq va Osiyo mamlakatlarning kollektiv taklifi koʻrib chiqib Navroʻz bayramini insoniyat nomoddiy boyliklari reprezentativ roʻyxatiga kiritishga qaror qildi.

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. YUNESKO davlatlararo qoʻmitasining 11 sessiyasida Navroʻz bayramini Insoniyat Nomoddiy boyliklar roʻyxatiga kiritish haqida qaror qabul qilindi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Navroʻz bayramini ushbuy roʻyxatga kiritish haqida kollektiv ariza bir guruh mamlakatlar — Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Afgʻoniston, Hindiston, Eron, Iroq, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Tojikiston, Turmaniston va Turkiyadan kelib tushgan edi. Ushbu mamalkatlarning barchasida 21 mart kuni eski taqvim boʻviycha Yangi yil kutib olinadi. Bayramning nomi turli tillarda biroz farq qiladi: Navroʻz,

Novruz, Nav-vraz, Neoroz, Naurыz, Nooruz, Navrūz, Nevruz yoki Navruz.

Bayramni nishonlash vaqtida turli milliy urf-odatlar amalga oshiriladi, aynan shu bayramga moʻljallangan taomlar pishiriladi, odamlar bir-birining uyiga mehmonga boradi, turli jamoat tadbirlari va koʻngilxushliklar tashkil qilinadi.

Oʻzbekistonda ushbu bayram kunlari sumalak va halim kabi taomlar tayyorlanadi va qoʻni-qoʻshnilar bilan birgalikda baham koʻriladi. Bayram dasturxonida esa ular asosiy taom boʻladi. Ushbu taomlar Navroʻz bayramida uch ming yil oldin tayyorlana boshlagan.

Undan tashqari 21 mart kuni tugʻilgan qizaloqni Navruza, oʻgʻil bolani esa — Navroʻz deb atashadi. Navroʻz kuni barcha qarindoshlar, yolgʻiz kishilar holidan xabar olinadi. Doʻstu birodarlar bilan uchrashib birgalikda xursandchilik bilan bayram kutib olinadi.

Asosiy mavzular