O‘zbeknavo litsenziya olish istagidagi 50 san’atkorga rad javobini berdi

© Sputnik / StringerO‘zbeknavo
O‘zbeknavo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbeknavo" esrada birlashmasi raqamlar hisobotini taqdim etdi

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. 2016 yil 9 oyi davomida konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya bo‘yicha 14ta ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi "O‘zbeknavo" matbuot-xizmati.

O‘zbeknavo estrada birlashmasi - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbeknavo" virtual qabulxonani ishga tushirdi
Hisobotda qayd etilishicha, ushbu vaqt davomida 2074 nafar san’atkorga litsenziya berilgan.

Konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olmoqchi bo‘lgan 50 nafar san’atkorga rad javobi berilgan.

Konsert va tomosha tadbirlarini tashkil etish uchun bir martalik ruxsatnoma berish bo‘yicha esa 29 ekspert komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan, 554 kishiga bir martalik ruxsatnoma berilgan, 11 arizachining arizasi rad etilgan.

Yangiliklar lentasi
0