Lola Karimova Los-Anjelesdagi "Oltin globus" kinofestivalida namoyon bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Qizil yo‘lakchada Lola Karimova-Tillyayevadan tashqari Gollivudning ko‘plab mashhur yulduzlari suratga tushishdi

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Lola Karimova-Tillyayeva Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan "Oltin globus-2017" kinofestivalining qizil yo‘lakchasida namoyon bo‘ldi. Bu haqda CAFB.Asia saytida ma’lum qilindi.

Lola Karimova-Tillyayeva "Oltin globus" qizil yo‘lakchasida Tom Ford libosida ko‘rinish bergan.

Foto opublikovano Lola Karimova-Tillyaeva (@lola_tillyaeva) Yanv 9 2017 v 9:35 PST

Qizil yo‘lakchada Lola Karimova-Tillyayevadan tashqari Gollivudning ko‘plab mashhur yulduzlari suratga tushishdi.

"Oltin globus" kinomukofotining 74-taqdimot marosimi 8-yanvardan 9-yanvarga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kinomukofot 1944-yildan buyon Gollivud xorijiy matbuot assotsiatsiyasi tomonidan har yili kino va televidenie sohasida yutuqlarga erishganlarga beriladi.

Yangiliklar lentasi
0