12:24 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Stsena iz filma Zulfikara Musakova Papa zabolel

Zulfiqor Musoqov Tarantino uslubida yangi kino suratga oldi

© kultura.uz
Madaniyat
Havola olish
49601

Film namoyishida boʻlgan OAV vakillari va rejisserlar fikriga koʻra, Zulfiqor Musoqov juda qiziqarli va insoniy film suratga olgan. Bu oxirgi vaqtlarda Oʻzbekistonda suratga olingan eng yaxshi film boʻlishi ham mumkin.

TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik. Toshkentdagi Kino uyida Zulfiqor Musoqovning "Dadam betob" nomli yangi kinofilmning maxsus namoyishi boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda kultura.uz sahifasi.

"Menimcha juda yaxshi kino suratga olingan. Uning hech qanday kamchiligi yoʻq. Bu haqiqiy kino, qolganlari — biznes-produkt", — deb izoh berdi Farxod Yunusov.

«Dadam betob» — bu avtor filmi boʻlib, u kassa yoki festivallar uchun moʻljallanmagan. Kino "Oʻzbekfilm" tomonidan ajratilgan kamtarona mablagʻga suratga olingan.

Shunga qaramasdan, yangi kino hikmatlarga boy, kunning qizgʻin muammolarini aks ettiradigan boʻlib chiqqan. U tomoshabinning bor diqqat va va eʼtiborini talab qiladi. Filmda aks etgan asosiy voqealardan biri bu — fojeali sevgi hikoyasi. Shuningdek terrorchilik va ekstremizm  kabi hozirgi zamonning barcha dolzarb muammolari ham aks etgan.

Stsena iz filma Zulfikara Musakova Papa zabolel
"Dadam betob" filmidan sahna

Filmda bir vaqtning oʻzida ikki voqea aytib berilgan. Bir  juda inoq qishloq oilaning otasi kasal boʻlib qoladi. Uning turmush oʻrtogʻi qoʻlidan kelgan barcha ishni bajaradi. Dorilar uchun kerak boʻlgan mablagʻni topish uchun sigir ham qoʻshnilarga sotiladi, lekin yana juda koʻp pul kerak… Shunda ayol taksichilik qilishga qaror qiladi. Filmda taksichilik bilan bogʻliq koʻplab kulguli voqealar sodir boʻladi. Ikkinchi voqeada esa, "Pokiza" ismli ekstremistik gʻoyalar butunlay chulgʻab olgan qiz va uni haqiqatdan ham sevuvchi  yigit hikoyasi aytib berilgan. Film soʻngida ushbu ikki hikoya bir nuqtada kesishib, hamma narsa, kutilmagan, ijobiy yakunini topadi.

"Film har tomonlama qiziq. Uning negizida juda chuqur insonparvarlik va gumanizm tuygʻusi oʻrin olgan…  Qisqa qilib aytganda, Kventin Tarantino uslugibida suratga olingan tragikomediya", — dedi mashhur oʻzbek rejisseri Damir Salimov.

Zulfiqor Musoqov oʻzining yangi filmini polshalik rejisser Anjey Vayda xotirasiga  bagʻishlaganini aytdi. Biririnchidan Musoqov Vaydani oʻz oʻqituvchisi deb biladi. Musoqov haqiatdan ham 1987-89 yillarda Moskvada Vaydning lektsiyalarini tinglagan. Ikkinchidan, bir yil oldin, ushbu film stsenariysi yozilayotgan paytda, Vayda 90 yoshida vafot etadi. Uchinchidan esa, yangi film Vaydaning 1958 yilda suratga olingan "Kul va olmos" filmining parafrazi (qaytadan aytib berish) boʻlib, ushbu ikki film orasida oʻxshashlik tomonlari koʻp.

Sʼmki filma Zulfikara Musakova Papa zabolel
"Dadam betob" filmini suratga olish jarayoni.

Film namoyishida boʻlgan OAV vakillari va rejisserlar fikriga koʻra, Zulfiqor Musoqov juda qiziqarli va insoniy film suratga olgan. Bu oxirgi vaqtlarda Oʻzbekistonda suratga olingan eng yaxshi film boʻlishi ham mumkin.

Keng omma eʼtiboriga film 20 yanvardan namoyish etila boshlaydi. Rusti tilida esa — bir oydan keyin chiqadi.

Asosiy mavzular