O‘zbek kinolari jahonning eng yaxshi filmlari reytingida birinchi o‘rinni oldi

© Iz lichnogo arxiva Zulfikara Musakova"Xazonrezgi"
Xazonrezgi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning kinematografiyaga bag‘ishlangan eng yirik "KinoPoisk" portali foydalanuvchilar baholari asosida eng yaxshi filmlar reytingini tuzdi

TOShKENT, 8 fev — Sputnik. O‘zbek kinofilmlari eng ko‘p balla to‘plab, barcha mamlakatlar filmlaridan o‘zib ketdi, deb xabar beradi portal.

Shunday qilib, reytingda birinchi o‘rinni o‘zbek filmlari egalladi — 7,4 ball. Ikkinchi o‘rinda 7,2 ball bilan hind filmlari joylashdi. Rossiya kinolariga 6,5 ball berildi. Undan keyin 6,3 ball bilan amerika filmlari joylashgan.

© KinoPoisk"Kinopoisk" talqini bo‘yicha jahon filmlari reytingi kartasi
Karta mira so srednimi arifmeticheskimi reytingami KinoPoiska po stranam - Sputnik O‘zbekiston
"Kinopoisk" talqini bo‘yicha jahon filmlari reytingi kartasi

Reytingda eng past ball Malayziya filmlariga berildi — 5,3 ball.

Foydalanuvchilar sevimli film janrlariga ham ovoz berdilar. Eng yuqori ballni anime va biografik badiiy filmlar egalladi — 7 balldan. Reytingda kattalar uchun filmlar 5,1 ball va qo‘rqinchli filmlar — 5,3 ball bilan eng quyi o‘rinlarni egalladi.

Yangiliklar lentasi
0