Kun savoli: "O‘zbeknavo" tugatildimi?

© Press-slujba posolstva Azerbaydjana v RUzKonsert
Konsert - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbeknavo" estrada birlashmasi xodimi birlashma tugatilgani haqidagi xabarga izoh berdi

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. O‘zbekistondagi ayrim internet nashrlari "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi tugatilgani haqida xabar tarqatdi. Biz ushbu xabarlarga oydinlik kiritish uchun "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi bilan bog‘landik.

Birlashma xodimi bunday xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, prezident farmoniga ko‘ra, "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi va "O‘zbekraqs" milliy raqs birlashmasi negizida "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi tashkil etiladi.

Yangi Madaniyat vazirligining vazifalari belgilab berildi

Yangi muassasani tashkil qilish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

"O‘zbekkonsert" yangi tuzilgan Madaniyat vazirligi huzurida faoliyat olib boradi.

Qayd etilishicha, yangi muassasa o‘zida 2,5 ming ijodiy jamoa va ijrochilarni birlashtiradi hamda musiqa, xoreografiya va estrada san’atini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish samaradorligini kuchaytirish, O‘zbekiston xalqining ma’naviyati, yorqin va o‘ziga xos madaniyatini yorituvchi yuksak badiiy va sifatli asarlar yaratishga har tomonlama ko‘maklashish imkonini beradi.

Yangiliklar lentasi
0