06:28 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Madaniyat
Havola olish
2683175

2017 yil 14 fevral kuni "Istiqlol" sanʼat saroyida "Eʼtirof" mukofoti taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda "Yilning eng yaxshi ayol estrada xonandasi" sifatida Zilola Musayeva (Shahzoda) "Eʼtirof" etildi...

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. Oʻzbekistonliklarga xushkayfiyat ulashuvchi Troll UZ #KoʻchirmaProdakshn xit-paradlar loyihasini yoʻlga qoʻydi.

Nashrning Feysbukdagi sahifasida eʼlon qilingan xabarga koʻra, xit-paradning birinchi oʻrnini "Xasta" qoʻshigʻiga ishlangan klipi bilan Shahzoda egallagan.

"Gʻolibni tabriklaymiz! Bu biz koʻrgan koʻchirmalar orasida eng batafsil nusxa hisoblanadi", — deyilgan "tabrik" matnida.

Maʼlum boʻlishicha yoshlarning sevimli xonandasi Shahzodaning bu klipi  muzqaymoq ishlab chiqaruvchi "Kornetto" brendi tomonidan yaratilgan "Taqdir kafesi" deb nomlangan rolikdan "oʻz holicha" koʻchirib olingan. (Ofarin!, deyish mumkin, xolos).

"Bugundan boshlab, biling-ki, agar sizga biron bir klip, reklama, film va hokazolar yoqsa, u qayerdandir koʻchirilgan boʻlishi ehtimoli bor", deb izoh qoldirgan Troll UZ.

Internet foydalanuvchilarining ushbu xabar ostida qoldirgan izohlarini eʼtiboringizga havola qilamiz.

"Xoʻsh, nima qilibdi, butun insoniyat bir-biridan oʻrganadi. Moda olamida ham shunday-ku. Axir biz yevropacha kiyinmaymizmi? Yaxshi narsadan oʻrganish sharmandalik hisoblanmaydi", — deya Shahzodaning yonini olgan Lola Kasimova.

"Enrike Iglesias ham Ulugʻbek Rahmatullayevning "Bemor" deb nomlangan qoʻshigʻi klipidan koʻchirgan. Iglesiasning "Do you know"ini tomosha qiling", — deya yana bitta koʻchirmakashlikka shama qilgan Zokir Sobirjonov.

"Hech boʻlmasa qoʻshiq original ekaniga shukr qilishga toʻgʻri kelyapti", — Sobirjonovga javob qaytargan Timur ismli foydalanuvchi.

"YO, alhazar! Shahzodaning "Xasta"sini tomosha qilib, bunday ajoyib gʻoya kimning miyasida tugʻilgan ekan-a, deya klipmeykerni olqishlab oʻtirgandim", — deya hafsalasi pir boʻlganini yashirmagan Shadisha.

"Agar bizlarning qoʻshiqchilar jahonga chiqqanida, jarima toʻlamagan sanʼatkor qolmasdi", — deb yozgan Auda Ok.

"Ex-xe… Sahnadagi fonogrammadan noliganimiz-noligan edi. A, bu treklar ham, kliplar ham oʻzlariniki emas ekan-u. Uyat, uyat…", — degan Sarvar nikli foydalanuvchi.

"Qoʻshiqchining kontsertiga chiptani kserokopiya qilingan pullar bilan toʻlash kerak", — deb yozgan Alisher.

"Turklar bizlardan koʻchirmaydi, yevropaliklar ham, amerikaliklar-ku umuman. Faqat biz hammani klipini yoki musiqasini yoxud sheʼrini gʻoyasini oʻgʻirlab "ijod" qilamiz. Oʻzbeknavoning kelajagi "kopirovka" boʻlib ketyapti", — deya izoh qoldirgan Javohir Abdushukurov.

"Bizlarning "artistlarimiz" qoʻshiq oʻgʻirlashlari kamlik qilgandek, turli teledasturlarda oʻz ijodlari bilan maqtanishdan ham tap tortmaydi. Nima uchun plagiat haqida hech kim ogʻiz ochmaydi? "Hurmatli sanʼatkorlarimiz", uyalmaysizlarmi?", — deya sanʼatkorlarga savol tashlagan Monaco Rose nikli foydalanuvchi.

"Toʻyga borish uchun necha pul olishadi-ki, oʻz kontseptsiyasini yoʻlga qoʻyishni bilishmaydi?", — degan Sarvar Usmonov.

"Toʻgʻrisini aytsam, men uchun klipning qayerdandir oʻgʻirlangani umuman ahamiyatga egamas. Biror braziliyalik ushbu klipni suratga olgan boʻlganida, men tomosha qilmagan boʻlardim. Internet tarmogʻida shu klipni izlab topib, uning syujetini oʻz klipida takrorlab bergan Shahzodaga rahmat", — deya sanʼatkorning yonini olgan Amira Abduraimova.

OAVlarda yoritilgan xabarlarga koʻra, Shahzodaning "Xasta" klipi yosh qoʻshiqchilar — Sarvar va Komil tomonidan suratga olingan. Maʼlum boʻlishicha, ijodi gullab borayotgan bu ikki yigit xonandalar qoʻshiqlariga klip ishlashni ham yoʻlga qoʻyib olishgan(tayyor gʻoya turganda, bu pista chaqishdek gap, axir). "Oʻgʻirlangan gʻoyalar" singari eʼtiroz bu yigitlarni umuman noqulay ahvolga solmasligi maʼlum boʻldi. Xususan, "Hordiq" nashri jurnalisti Feruza Rahimovaga bergan intervyusida yigitlardan biri — Sarvar bu xususda shunday fikrni bayon qilgan:

Kontsert
Press-slujba posolstva Azerbaydjana v RUz
"Bilasizmi, dunyo boʻyicha plagiatlik qoʻshiqda yoki boshqa sanʼat asarlarida boʻlishi mumkin. Ammo video ketma-ketlikni koʻchirish plagiatlikka kirmaydi. Misol uchun, jahonga mashhur "Romeo va Julyetta" asarini har bir xalq oʻz talqinida film qilib olgan va oʻsha rejissyorlarni plagiatlikda ayblashmagan. Uning oʻzbekcha talqini oʻzimizda ham bor.

Klipni ishlagan ijodkor yigitlar dunyo boʻyicha ishlashdi va butun dunyo ijodkorlari uchun faoliyat yuritadigan bitta sayt bor. Hamma ijodkorlar oʻsha saytga tashrif buyurib, oʻzining ijod mahsulini joylashtiradi hamda qolganlar undan gʻoya oladi. Va buni muallif toʻgʻri tushunadi. Bu sayt bevosita fikr va ijod almashish sayti hisoblanadi. Ijodkor uchun yangilik juda muhim, yangilikni yaratish esa yana ijod qilishni talab etadi. Ijodkorlar bir yangilik yaratish uchun albatta, boshqa ijoddan ilhomlanishi shart. Aynan ijodkorlarning oʻsishi uchun xizmat qiladigan saytdan yosh ijodkorlarimiz chet elning gʻoyasini olib keldi va bizni oʻsha voqealar taʼsirlantirgani uchun suratga oldik".

Teglar:
koʻchirmakashlik, plagiat, klip, Xasta, Shahzoda

Asosiy mavzular