06:37 27 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Madaniyat
Havola olish
1742136

"Endigina 25 yoshni qarshi olib, ijodiy faoliyati gurkiragan bir paytda, adib "kontrrevolyutsion faoliyatda" ayblanib, sovet davlatining qatagʻon siyosati qurboniga aylangan, deb yozadi Usmon Nosir haqidagi postida Lola Karimova

TOSHKENT, 18 fev — Sputnik. Lola Karimova-Tillayeva Feysbuk ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida buyuk oʻzbek yozuvchisi Usmon Nosir haqida post eʼlon qildi.

"Bugungi postimni noyob iqtidor sohibi, XX asr oʻzbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, lirikasi hali hanuzgacha milliy sheʼriyatimizning eng sara durdonalaridan sanalib keluvchi Usmon Nosirga bahshida etmoqchiman.

Usmon Nosir 1912 yil 13 noyabr kuni Namanganda tavallud topgan va uning bolalik va oʻsmirlik yillari yetimxonada oʻtgan. Shoir adabiyotdagi ilk qadamlarini juda erta boshlagan boʻlib, maktab chogʻlaridayoq uning ilk sheʼrlari bir qator mahalliy davriy nashrlarda chop etilgan.

Usmon Nosir 1930-chi yillarning boshlarida Alisher Navoiy nomidagi Samarqand pedagogika akademiyasida tahsil olgan, va oʻsha davrda shoirning "Quyosh bilan suhbat" nomli birinchi sheʼrlar toʻplami nashr etilgan.

Usmon Nosir nafaqat shoir, balki dramaturg va tarjimon sifatida ham shuhrat qozongan. Shoir Aleksandr Pushkinning "Baxchisaroy fontani" va Mixail Lermontovning "Iblis" nomli asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Endigina 25 yoshni qarshi olib, ijodiy faoliyati gurkiragan bir paytda, adib "kontrrevolyutsion faoliyatda" ayblanib, sovet davlatining qatagʻon siyosati qurboniga aylangan. Shoir 1937 yili uzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum etilib, 1944 yilda Kemerovo oblastining Mariin tumanidagi lagerlardan birida 31 yoshida hayotdan koʻz yumgan…

Usmon Nosir, umri qisqa boʻlishiga qaramay, halqimiz tarixi va yuragida oʻzbek ijodiyotining eng yorqin va mukammal durdonalaridan hisoblanmish asarlari bilan oʻchmas iz qoldirdi".

Teglar:
Feysbuk, Usmon Nosir, Lola Karimova

Asosiy mavzular