"Oltin qalam" XII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov e’lon qilindi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishMasofadan boshqariladigan fotokamera, futbol uchrashuvi vaqtida
Masofadan boshqariladigan fotokamera, futbol uchrashuvi vaqtida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
3-may – Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag‘ishlangan bu tanlovga 2016-yilning 31-martidan 2017-yilning 31-martigacha – bir yil davomida gazeta va jurnallarda chop etilgan, radio orqali efirga uzatilgan hamda televideniyeda ko‘rsatilgan va internet nashrlarida berilgan materiallar 2017-yilning 10-apreligacha qabul qilinadi

TOShKENT, 18 fev — Sputnik. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi qator tashkilotlar bilan hamkorlikda milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalashtirish, OAV xodimlari fuqarolik pozitsiyalarini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish hamda jurnalistlarda tanqidiy mushohada va ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni shakllantirish maqsadida "Oltin qalam" XII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni o‘tkazadi, deb xabar qildi "Jahon" AA.

Videokamera - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda jurnalistlar uchun axloq kodeksi ishlab chiqilmoqda
3-may – Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag‘ishlangan bu tanlovga 2016-yilning 31-martidan 2017-yilning 31-martigacha – bir yil davomida gazeta va jurnallarda chop etilgan, radio orqali efirga uzatilgan hamda televideniyeda ko‘rsatilgan va internet nashrlarida berilgan materiallar 2017-yilning 10-apreligacha qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari uchun quyidagi mukofotlar ta’sis etilgan:

Jurnalistika sohasida bosh milliy mukofot

G‘olib maxsus diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 200 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Asosiy mukofotlar:

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (televidenie – 1-, 2-, 3-o‘rinlar);

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (radio – 1-, 2-, 3-o‘rinlar);

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (bosma OAV – 1-, 2-, 3-o‘rinlar);

O‘zbek televideniyesi boshlovchisi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda "Yosh suxandonlar" tanlovi e’lon qilindi
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (internet-jurnalistika – 1-, 2-, 3-o‘rinlar).

Birinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va eng kam ish haqining 160 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Ikkinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va eng kam ish haqining 140 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

© http://jahonnews.uz/uz/obshchestvo/291/31245/Oltin qalam g‘olibiga topshiriladigan haykalcha
Oltin qalam g‘olibiga topshiriladigan haykalcha - Sputnik O‘zbekiston
Oltin qalam g‘olibiga topshiriladigan haykalcha

Uchinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va eng kam ish haqining 120 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar uchun nominatsiyalar:

OAVda kitobxonlik madaniyati targ‘ib qilingan eng yaxshi material uchun;

Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun;

Eng yaxshi fotoreportaj;

Eng yaxshi matbuot xizmati.

Yoshlar o‘rtasidagi musobaqalar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda eng yaxshi yosh chegarachilarni aniqlaydigan tanlov boshlanmoqda
Mazkur nominatsiyalar g‘oliblari diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va eng kam ish haqining 50 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

"Oltin qalam" tanlovi g‘oliblarini mukofotlash, shuningdek, uni o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining moliyaviy ko‘magida amalga oshiriladi.

Shuningdek, milliy hamkorlar hamda qator xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari va elchixonalar ham o‘z rag‘batlantiruvchi mukofotlarini ta’sis etgan (ilova qilinadi).

Tanlov shartlari:

Tanlovga tele-, radio-, bosma materiallar hamda internet nashrlarida e’lon qilingan ishlar taqdim etiladi (5 tadan kam bo‘lmasligi kerak).

Uzbekskiy Oskar - E’tirof - Sputnik O‘zbekiston
Bu yil kimlar “E’tirof” etildi
Televidenie bo‘yicha videomateriallar, axborot tashuvchi vositaning qanday ko‘rinishda bo‘lishidan qat’i nazar, 3 daqiqadan 30 daqiqagacha bo‘lishi kerak.

Radioeshittirishlar (CD, DVD diskada) 5 daqiqadan 30 daqiqagacha bo‘lishi kerak.

Matbuot va internet materiallari asl nusxada yoki ko‘chirma nusxada taqdim etilishi lozim.

Tanlovga yuborilgan materiallarga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
muallif haqida ma’lumotnoma (obyektivka); muallifning turar joyi, uy va ish telefonlari; pasport nusxasi.

Tanlov g‘oliblarini tantanali mukofotlash marosimi 2017-yil 3-may – Jahon matbuoti erkinligi kuni "Turkiston" saroyida o‘tkaziladi.

Mukofot bir shaxsga takroran berilmaydi.

Materiallar “Oltin qalam” tanloviga deb ko‘rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi 3-qavat (www.journalist.uz)

Yangiliklar lentasi
0