Alisher Usmonov Toshkentda rossiyalik san’atkorlar konsertini tashkil etmoqda

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishAlisher Usmanov, arxivnoe foto
Alisher Usmanov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentdagi "O‘zbekiston" xalqaro forumlar saroyida Rossiya milliy filarmoniya orkestrining konserti bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 7 apr — Sputnik. 26-aprel kuni Toshkentdagi "O‘zbekiston" xalqaro forumlar saroyida Rossiya milliy filarmoniya orkestrining konserti bo‘lib o‘tadi. Orkestrga Vladimir Spivakov badiiy rahbarlik va bosh dirijorlik qiladi.

San’at kechasi O‘zbekiston va Rossiyaning muvaffaqiyatli hamkorligi tasdig‘i bo‘ladi: Moskvadagi yetakchi opera teatrlarining solistlari Anna Aglatova va Vasiliy Laduk, O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov bir sahnada kuylashadi.

"Podrobno.uz"ning yozishicha, konsert O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi doirasida hamda O‘zbekiston madaniyat vazirligi va Alisher Usmonovning "San’at, fan va sport" xayriya jamg‘armasi qo‘llab-quvvatlashi orqali tashkil etilmoqda.

"San’at, fan va sport" xayriya jamg‘armasi kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, san’at, madaniyat va sport sohasida tadbirlar uyushtirish, ilmiy-ta’lim va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.

Yangiliklar lentasi
0