Prezident Yulduz Usmonovaga ulkan guldasta sovg‘a qildi

Obuna bo‘lish
"Prezidentdan gullar to‘la savat. Primadonna Yulduz Usmonova uchun qimmatli sovg‘a", deb yoziladi xonandaning sahifasida

TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Istiqlol" san’at saroyida konsert dasturini taqdim etayotgan Yulduz Usmonovaga ulkan guldasta sovg‘a qildi. Bu haqda xonanda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

"Prezidentdan gullar to‘la savat. Primadonna Yulduz Usmonova uchun qimmatli sovg‘a", deb yozilgan sahifada. Lekin keyinroq ushbu surat sahifadan olib tashlandi.

Instagram Yulduz Usmanovoy - Sputnik O‘zbekiston
Yulduz Usmonovaning Instagramdagi sahifasidan olingan surat

Xonandaning rasmiy saytida yozilishicha, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning "Ey, aziz inson" deb nomlangan konsert dasturi katta shov-shuvlar bilan o‘tmoqda. Yaqin va uzoq mamlakatlardan uning muxlislari konsert dasturini tomosha qilish uchun tashrif buyurishmoqda.

18 aprel kungi konsert dasturini AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen xonim ham maroq bilan tomosha qildi. AQSh elchisi konsert so‘ngida xonandani qutlar ekan, "Yulduz Usmonova, siz juda zo‘r", dedi o‘zbek tilida.

Yangiliklar lentasi
0