Shou-biznesmas, to‘y-biznes: Lola Yo‘ldosheva o‘zbek san’atkorlarini tanqid qildi

Obuna bo‘lish
Lolaning fikricha, hozir artistlarning hammasi biznes bilan shug‘ullanadi, to‘y-biznesi bilan. Shou-biznes dunyosi to‘ylar boshqaruvida bo‘lgani uchun o‘zbek san’atkorlari haqiqiy musiqani yaratishdan qo‘rqishadi

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. O‘zbek xonandasi o‘z Instagram ida 2002-yilgi konserti videosi bilan bo‘lishdi.

O‘zbek estradasiga nazar: zamonaviy qo‘shiqlar haqida luqmalar
"Men qarab turib o‘z ko‘zlarim va quloqlarimga ishongim kelmasdi. Men 16 yoshdaman! Mamlakatning bosh sahnasi! Mening qornim ochiq! Ko‘ylagimning "razrezi"(yirtig‘i demoqchi, tahr.) qulog‘imgacha! O‘smirlik maksimalizmi ufurib turibdi! Va o‘sha vaqtda hech kim menga tosh otishni xayoliga ham keltirmagan", — deya izoh qoldirgan xonanda o‘zining "Kelajakka qaytib", deb nomlagan postida.

Xonandaning fikricha, shou-biznes O‘zbekistonda 15-yilga oqsayapti.

"Biz tanazzulga yuz tutdik. Bizga qo‘shilib tinglovchilarimiz ham. Va 15-yil oldin ega bo‘lgan darajamizgacha ijod va yana ijod qilmog‘imiz, bu turg‘unlikni sindirishimiz va yana sindirishimiz lozim.

Biz o‘sha vaqtda yaratgan musiqani aytmaysizmi! Xilma-xil yo‘nalishlar mavjud edi va olg‘a surilardi. Hozir esa artistlarning hammasi biznes bilan shug‘ullanadi, to‘y-biznesi bilan! Haqiqiy musiqani yaratishdan qo‘rqishadi. Odatiy holat doirasidan chiqishga qo‘rqishadi. Chunki shou-biznes dunyosini — to‘ylar boshqaradi!".

Xonanda mamlakatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar tufayli ish o‘lik nuqtadan siljib, "o‘g‘irlangan qo‘shiq va ma’naviy tushkunlik ruhidagi kliplarga barham berilishiga" umid bildirgan.

Lola Yo‘ldoshevaning "to‘y-biznesi" haqidagi fikrlariga qo‘shilish mumkin. Bunday holat bor, buni inkor etib bo‘lmaydi. Ammo o‘zini misol keltirishdan oldin xonanda chuqur o‘ylab ko‘rishi kerak edi. Juda chuqur. "Bu sizga sahnada turib olib, beldan pastini likillatish emas axir".

"Boshi bilan ijodga sho‘ng‘igani" uchun Lola Yo‘ldosheva o‘sha 2002-yilgi konsertida sahnaga deyarli yalang‘och yugurib chiqqandir, ehtimol…

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0