O‘zbekistonlik talaba suratga olgan film Kann kinofestivalida namoyish etiladi

© AFP 2023 / Antonin THUILLIERKrasnaya dorojka Kannskogo kinofestivalya: potselui, naradi i Vudi Allen
Krasnaya dorojka Kannskogo kinofestivalya: potselui, naradi i Vudi Allen - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Filmda o‘zbek aktorlari Karim Mirhodiyev, Ra’no Shodiyeva va rossiyalik aktor Dmitriy Dujev suratga tushgan

TOShKENT, 4-may — Sputnik. Muxlisa Azizova suratga olgan "U" nomli film 70-Kann xalqaro kinofestivalining qisqa metrajli filmlar yo‘nalishida namoyish etiladi. Bu haqda nuz.uz xabar bermoqda.

Film rejissori Muxlisa Azizova O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasi bo‘lib, kartina Kinematografiyani rivojlantirish markazi ko‘magida suratga olingan.

Filmni suratga olish ishlari fevral oyida bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbek aktorlari Karim Mirhodiyev, Ra’no Shodiyeva va rossiyalik aktor Dmitriy Dujev suratga tushgan.

© nuz.uzFilm "Ona" studentki M.Azizovoy
Film Ona studentki M.Azizovoy - Sputnik O‘zbekiston
Film "Ona" studentki M.Azizovoy

8 may kuni bo‘lib o‘tadigan film taqdimotida ishtirok etish uchun Toshkentga Dmitriy Dujev tashrif buyuradi. Aktor O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari uchun master-klass o‘tkazadi. Shuningdek, uning O‘zbekiston Rus akademik drama teatrida "Yevgeniy Onegin" monospektaklini ijro etishi rejalashtirilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0