09:21 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Madaniyat
Havola olish
220 0 0

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoshida Sharq qoʻlyozmalari muzeyi tashkil etiladi

TOSHKENT, 25 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targʻib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi. Qaror matni Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portalida keltirilgan.

Qarorga muvofiq, Aholida saqlanayotgan qadimiy noyob qoʻlyozmalar, chet el fondlaridagi mavjud asarlar nusxalarini ayirboshlash yoki olish hisobidan Institutning qoʻlyozma va yozma manbalar fondini boyitib boriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining turli tashkilotlarida saqlanayotgan arab yozuvidagi qoʻlyozma asarlar, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlarning saqlanish va taʼmirlanish holatini monitoring qilinadi va ularning elektron bazasi yaratiladi.

Sharqshunoslik instituti fondini aholida saqlanayotgan noyob qoʻlyozma, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlar hisobiga boyitish boʻyicha ekspertlar guruhi va qoʻlyozma, toshbosma kitoblar hamda tarixiy hujjatlarni baholash va sotib olish boʻyicha komissiya tuziladi.

Institut fondida 26 ming jilddan ortiq qoʻlyozma, 39 ming jilddan ortiq toshbosma kitoblar, 10 mingga yaqin arab, fors, eski oʻzbek va boshqa sharq tillaridagi tarixiy hujjatlar saqlanadi.

2000 yilda institut fondi ilmiy-madaniy obʼyekt sifatida YUNESKO roʻyxatiga kiritilgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular