Stalin, Cherchill va Gitler - Zulfiqor Musoqovning yangi filmida

© Foto : Iz lichnogo arxiva Zulfikara MusakovaUzbekskiy rejisser Zulfikar Musakov
Uzbekskiy rejisser Zulfikar Musakov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi film o‘zbek xalqining fashizm ustidan g‘alaba qilish uchun qo‘shgan ulkan hissasiga bag‘ishlangan, film shu yil yakuniga qadar tayyor bo‘ladi.

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Taniqli o‘zbek kinorejissori Zulfiqor Musoqov Ikkinchi jahon urushi haqida film suratga olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar berdi Sputnik Uzbekiston muxbiri.

Kinorejissor tajribasini va iste’dodini hisobga oladigan bo‘lsak, yangi film juda ajobiy bo‘lishi kutilmoqda. "Berlin-Oqqo‘rg‘on" nomli film ssenariysi ertaga san’at kengash yig‘ilishida muhokama qilinadi.

Ssena iz filma Zulfikara Musakova Papa zabolel - Sputnik O‘zbekiston
Zulfiqor Musoqov Tarantino uslubida yangi kino suratga oldi

"Bu katta ikki qismli kino loyiha tayyorlangan bo‘lib, unda nafaqat urush vaqtidagi voqea tarixi balki bugunki kun hayoti ham aks ettiriladi. Filmda 1930-yildan boshlanib 1939 — chi, 1942-chi yillar aks etgan. Urush filmida Stalin, Gitler, Cherchil, Gess, Ribbentrop, Molotov va o‘zbek qahramonlari obrazi yaratilgan. Qiqsasi qahramonlikni yuksaltirishga bag‘ishlangan filmni tasvirga olmoqchimiz" — deb ta’kidladi ijodkor.

Film loyihasiga o‘zbek akterlar bilan bir qatorda xorijiy akterlar ham jalb etilgan. Masalan, Gitler rolini germaniyalik Konstantin Rotov o‘ynaydi. Lekin hozircha Musoqov aktorlar tarkibi haqida yakuniy to‘xtamga kelmagan. Shuningdek, rejissor filmning barcha tafsilotlari haqida oldindan aytishni istamadi.

"Film ushbu yil yakuniga tayyor bo‘ladi"- deb qo‘shimcha qildi rejissor. "Yoshlarimiz Ikkinchi jahon urushi tarixi haqida umuman hech narsa bilmaydi, bu masala meni juda bezovta qiladi. Urushda 475 mingdan ortiq vatandoshlarimiz halok bo‘lgan, o‘sha vaqtda O‘zbekiston 4,5 mln aholisidan 1,5 mln odam nogiron bo‘lib urushdan qaytgan. Hatto amerikaliklar o‘zbeklarga qaraganda kamroq halok bo‘lgan. Bu raqamlar achchiq haqiqatni isbotlab turibdi" — deydi Musoqov.

Film O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushiga qo‘shgan ulkan hissasiga bag‘ishlangandir.

Eslatib o‘tamiz, Toshkenda yaqinda Zulfiqor Musoqovning "Dadam betob" film premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu filmda insoniylikka qarshi bo‘lgan illatlar, jumladan diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash masalalari aks etgan.

Zulfiqor Musoqov 1958-yilda 19-yanvarda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1981-yilda Aleksandr Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va san’at institutini rejesura fakultetini, 1989-yilda ssenariychilar va rejissorlar oliy kurslari rejesura fakultetini tamomlagan. 2006-yil 25-avgustda "O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi" faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Ijodkorning ko‘plab filmlari o‘zbek kinochiligining yutug‘idir.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0