19:45 15 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Teatr zali

Teatr nufuzini qanday oshirsa boʻladi? - Mirziyoyev fikri

© Flickr/ The Shopping Sherpa
Madaniyat
Havola olish
215 0 0

Oʻzbekiston prezidenti Qoʻqon shahar teatri ijodkorlari bilan muloqotda teatrning xalq orasidagi obroʻyi va nufuzini yanada oshirish boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi

TOSHKENT, 23 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatiga tashrifi davomida Qoʻqon teatrini borib koʻrdi va xalq orasida bu maskanning obroʻyi va nufuzini oshirish uchun nima qilish zarurligi toʻgʻrisida oʻz fikr mulohazalarini bildirdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Hukumat portali.

"Teatrni haqiqiy maʼnaviyat oʻchogʻiga aylantirish uchun avvalo yaxshi asarlar kerak. Buning uchun bu yerda taniqli sanʼat namoyondalari, dramaturglar bilan uchrashuvlar tashkil etib, ijodiy muhit yaratish zarur", — dedi Oʻzbekiston rahbari

Qayd etilishicha, suhbat davomida ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash, ular uchun alohida koʻp qavatli uy-joy bunyod etish, teatrning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha koʻrsatmalar berilgan.

Aktyor va rejissyorlarning malakasini oshirish, yosh mutaxassislar tayyorlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

 

 

Asosiy mavzular