05:50 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Madaniyat
Havola olish
Mirziyoyevning ijodkor ziyolilar bilan uchrashuvi (14)
413 0 0

Prezident butun dunyoda madaniyat vazirligi mamlakatning yuzi hisoblanib, eng goʻzal, eng salobatli binolarda faoliyat olib borishini, Oʻzbekistonda esa noqulay sharoitda, asosan rasmiy idoralar joylashgan binoda ish olib borayotganini qayd etdi

TOSHKENT, 3 avgust — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvda Madaniyat vazirligi uchun koʻrkam bino ajratilishini bildirdi.

Prezident butun dunyoda madaniyat vazirligi mamlakatning yuzi hisoblanib, eng goʻzal, eng salobatli binolarda faoliyat olib borishini, Oʻzbekistonda esa noqulay sharoitda, asosan rasmiy idoralar joylashgan binoda ish olib borayotganini qayd etdi. Bu oʻz-oʻzidan madaniy jamoatchilik, ijod ahlining vazirlikka erkin kirib-chiqishiga, turli ijodiy tadbirlar oʻtkazishga toʻsqinlik qilmoqda.

Shuning uchun poytaxtdagi ilgari Tashqi savdo vazirligi joylashgan koʻrkam, tarixiy binoni Madaniyat vazirligiga ajratishga qaror qilindi.

Mavzu:
Mirziyoyevning ijodkor ziyolilar bilan uchrashuvi (14)

Asosiy mavzular