Madaniyat vazirligi rahbariyati o‘zgardi

© upl.uzSayfullayev Baxtiyor Sayfullayevich
Sayfullayev Baxtiyor Sayfullayevich - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Madaniyat vaziri etib Baxtiyor Sayfullayev uning birinchi o‘rinbosari etib Ozodbek Nazarbekov tayinlandi.

TOShKENT, 10 avg – Sputnik. O‘zbekiston  madaniyat vaziri etib Baxtiyor Sayfullayev tayinlandi.  Sobiq vazir Muratov Maxmud Mo‘minovich ushbu yilning fevral oyida rahbarlikka tayinlangan edi.

Narodniy artist Uzbekistana Ozodbek Nazarbekov - Sputnik O‘zbekiston
Ozodbek Nazarbekov "Yoshlar" telekanali direktorligidan ketdi

Baxtiyor Sayfullayev 2012-yildan buyon Mannon Uyg‘ur nomli O‘zbekiston Madaniyat va san’at instituti rektori lavzimida ishlab kelgan edi. Undan oldin esa, 2005-yildan buyon  madaniyat va sport vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 8-avgustda e’lon qilingan qaroriga muvofiq madaniyat vazir bir vaqtning o‘zida Davlat konservatoriyasi rektori vazifasini ham bajaradi.

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavzimiga xonanda Ozodbek Nazarbekov tayinlandi. Ozodbek Nazarbekov bundan bir necha kun oldin “Yoshlar telekanali” direktori lavozimidan, o‘z xohishiga ko‘ra, ozod qilingan edi.

Gazeta.uz xabariga asosan nashri.

Yangiliklar lentasi
0