O‘zbekiston harbiy orkestri moskvaliklarni lol qoldirdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishShestvie uchastnikov festivalya "Spasskaya bashnya"
Shestvie uchastnikov festivalya Spasskaya bashnya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston harbiy orkestri Leningrad vokzalida musiqa ijro etib ommaning olqishiga sazovor bo‘ldi.

TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Moskvada "Spasskaya bashnya" (Spas minorasi) Xalqaro harbiy-musiqa festivali boshlandi. Undan dunyoning o‘nlab mamlakatidan harbiy orkestrlar ishtirok etmoqda, deb xabar qildi Uzlife.uz nashri.

kecha 26-avgust kuni Qizil maydonda bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida dunyoning 44 mamlakatidan 1500dan ortiq musiqachilar ishtirok etdi. Ushbu haqida videolavhamizni mana shu yerda  tomosha qilishingiz mumkin.

Ushbu festivalda O‘zbekistondan  Pavel Makarov boshchiligidagi Respublika Mudofaa vazirligi harbiy orkestri ham ishtirok etmoqda. Festival marosimi ochilishi oldidan o‘zbekistonlik musiqachilar Leningrad vokzalida musiqa ijro etib ommaning olqishiga sazovor bo‘lishdi.

Yangiliklar lentasi
0