Rekord o‘rnatildi: 7360 kiloli palov tayyorlandi

© NUZ.UZPrigotovlenie samogo bolshogo v mire plova
Prigotovlenie samogo bolshogo v mire plova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Angliyadan kelgan vakil jahon rekordi o‘rnatilgani bilan oshpazlarni tabrikladi

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Bugun Toshkent shahrida joylashgan Sayilgoh ko‘chasida dunyodagi eng katta osh tayyorlandi. Jahon Ginness rekordlari kitobi vakili Richard Stenning ushbu palovni maxsus tarozida o‘lchab ko‘rdi.

Angliyadan kelgan vakil vazn o‘lchash yakunlangach, qozonning umumiy hajmi 14 tonnadan ortiqligi, shundan oshning og‘irligi 7360 kg. ekanini qayd etdi va jahon rekordi o‘rnatilgani bilan oshpazlarni tabrikladi.

Ulkan qozondagi osh 14ta qozonga bo‘linadi va tarqatiladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkent shahrida "O‘zbegim" milliy qadriyatlar festivali bo‘lib o‘tmoqda.

 

 

Yangiliklar lentasi
0