“Dahshatlar qiroli”ni O‘zbekistonga olib kelgan tarjimon

© SputnikAskarov Dilshodbek
Askarov Dilshodbek - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda qimmatbaho qog‘ozlarda chop etilgan chiroyli kitoblar ko‘p bo‘lsada, sifatli tarjima qilingan jahon zamonaviy adabiyoti asarlari juda kam.

TOShKENT, 8 sen — Sputnik, Lev Rijkov. Sputnik muxbiri Lev Rijkov dunyoda “Dahshatlar qiroli” nomini olgan mashhur amerikalik yozuvchi Stiven King asarlarini birinichi bo‘lib o‘zbek tiliga tarjima qilgan jurnalist bilan suhbatda bo‘ldi.

Avval Stiven King haqida

Bugungi kunda Stiven King shak-shubhasiz dunyoda eng mashuhur yozuvchi. Bo‘lmasamchi, axir Hollivud, uning kitoblari asosida, har oyda bittadan blokbaster (mashhur kino) chiqarib turibdi-ku!  Oddiy misol: avgustda “Qorong‘u minora” filmi chiqqan edi, sentabrda “U” filmi chiqayapti. Ikkala film ham “Dahshatlar qiroli” romanlariga asoslangan.

Knigi - Sputnik O‘zbekiston
Shukrulloga "Turk dunyosi adabiyotida yil kishisi" mukofoti berildi

Bugungi kunda Stiven King shunchalik mashhurki, u dunyoning qariyib barcha tillariga tarjima qilingan. Endi  esa uni o‘zbek tilida ham o‘qish mumkin.

Stiven Kingni birinchi bo‘lib o‘zbek tiliga tarjima qilgan jurnalist Dilshodbek Asqarov ro‘paramda o‘tiribdi. Ehtiyotkorona nigohi va yumshoq gapirish bilan, bir qarashda, uning o‘zi ham Stiven King qahramonlariga o‘xshab ketadi. Lekin, Dilshodbek, albatta ijobiy qahramon bo‘lishi mumkin.

“Men King kitoblarida o‘zimga o‘xshagan ikki qahramonni ko‘rganman. Birinchisi, bu – “Shoushenkdan qochish” hikoyasidan Eddi Dufreyn, ikkinchisi – “Yashirin deraza, yashirin bog‘” hikoyasidagi yozuvchi Morton Reyni”,  - deydi Dilshodbek.

Dilshodbek asli Andijonlik, oddiy oilada tug‘ilib o‘sgan. 90-yillarda u “dahshat” uslubida suratga olingan filmlar muxlisiga aylanadi. U sevib tomosha qilgan filmlarning aksariyati Stiven King asarlari asosida suratga olingan. Ayni o‘sha vaqtlarda Toshkentda o‘qib yurgan Dilshodbek, Hindistonga borib ingliz tilli amaliyoti bilan shug‘ullanish imkoniga ega bo‘ladi.

Kitoblar - Sputnik O‘zbekiston
Jurnalist nigohi: adabiyot o‘gaylanib qoldimi?

Shu tariqa “dahshat” kinolariga bo‘lgan qiziqish va ingliz tili amaliyoti bir nuqtada kesishadi.

“Agar Stiven King asarlari asosida suratga olingan filmlar shunday yaxshi bo‘lsa, uning kitoblari undan ham zo‘r bo‘lishi kerak! – deb o‘yladim, — deydi Dilshodbek. – Men internetda Stiven Kingning bir necha hikoyalari topib ularni o‘z ona tilimga tarjima qilishga qaror qildim.

Natijada, Stiven Kingning kitoblari men o‘ylagandan ham yaxshiroq bo‘lib chiqdi. Menga qahramonlarning ruhiy kechinmalari yoritilishi juda yoqdi. Asarlarda qahramonlarning har bir hatti-harakati ruhiy jihatdan mutlaq asoslangan bo‘lib, kitobni o‘qiyotgan odam, ushbu qahramon nega aynan shunday qilganini va uning bundan boshqa yo‘li qolmaganini yaqqol tushunib turadi.”

Nozik tarjima tafsilotlari

Dilshodbek Stiven Kingning “Chekishni tashlang” korporatsiyasi, “Do‘zaxdan kelgan mushuk”, “1408” hikoyalarni keyin “Bo‘ri-odam yili” qissasini tarjima qilgan.

Kitob ustida ko‘zoynak - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda kitob o‘qigan inson mashina minadi

“Men internetdan asarlarni ingliz va rus tilida yuklab olardim, — deydi Dilshodbek. –Kitoblarni avval ingliz tilida, keyin rus tilida o‘qirdim. Keyin esa ularni qatorma-qator solishtirib, ikki tilda keltirilgan so‘zlar yordamida muallif fikrini chuqurroq ilg‘ab olishga harakat qilar edim. Shundan so‘ng o‘zbek tilida yozishga kirishardim”.

O‘zbekistonda, xususan, Andijon viloyatida chop etilgan ushbu tarjimalar mushtariylarda ulkan qiziqish uyg‘otdi. Afsuski, yangi kitoblaring ko‘pi o‘zbek tilida chiqmaydi. Mumtoz adabiyotlar tarjima qilingan, lekin zamonaviy adabiyotlar tarjimasi bosmadan chiqmaydi. Hatto dunyoning barcha tillariga tarjima qilingan “Harri Potter” ham hanuzgacha o‘zbek tiliga tarjima qilinmagan. Albatta Internetda uning ruschasini topish mumkin, lekin bizda ko‘pchillik rus tilida Internetda kitob o‘qlishga o‘rganmagan”.

Stiven Kingning birinchi tarjimalari 1998-yildan boshlab Andijon ko‘ngilochar haftalik gazetasida chop etila boshlagan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: adabiyot va san’at, OAVlarning biznesga aylanishiga yo‘l qo‘ymaymiz

“O‘quvchilarimizni ushbu hikoyalar chinakam hayratga soldi, — deb  eslaydi Dilshodbek. – Tanish-bilishlar, hamma “Bu nima o‘zi?! Yana bormi?”, — deb so‘rashardi. Umuman O‘zbekistonda o‘quvchilar juda minnatdor”.  

O‘zbek tiliga tarjima qilishda asarni chop etish huquqiga ega bo‘lganlar qanday qarashdi?

“Men nashriyotga yozgandim, — deydi Dilshodbek. Biz Andijondan palonchi nashr, sizlarning muallifingiz Stiven King asarini o‘zbek tilida chop etmoqchimiz. Ko‘p pul bera olmaymiz, lekin men o‘z maoshim bilan bo‘lishishga tayyorman, — deb. Bunga ancha yillar bo‘ldi, lekin javob haligacha kelmadi”.

“Dahshatlar  qiroli”ning o‘zi u O‘zbekistonda qanchalik mashhur ekanligini biladimi?

“Albatta biladi va u bunga mutlaq qarshi emas”, — deb ishonch bildirdi Dilshodbek.

Kitoblar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda "Bolaga kitob sovg‘a qiling" aksiyasi o‘tkazilmoqda

Tarjimon Dilshodbek Asqarov yaqin orada Stiven Kingning eng dahshatli romanlaridan biri hisoblangan — “Oriqlayotgan kishi 2”ni tarjima qilishni rejalashtirgan.

Jahon adabiyoti durdonalari

Dilshodbek Stiven Kingdan boshqa jahon mualliflarni ham tarjima qilgan. Masalan, uning sevimli muallifi bo‘lgan Roald Dal asarlari. 

“Bu men eng sevgan yozuvchilardan biridir, — deydi tarjimon. – Stiven King bilan bir qatorda, uning hikoyalari ham mutlaq kutilmagan tarzda tugaydi. Roald Dal andijonliklarga ham juda ma’qul keldi!”.

Dilshodbek, jahon adabiyoti mumtoz asarlaridan bo‘lgan Gi De Mopassan, Akutagava Runoske asarlarini ham o‘zbek tiliga tarjima qilgan.  

O‘zi tarjima qilgan asarlari orasida tarjimonga yoqmaganlari ham bor.

Knigi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda "jonlanuvchi" kitoblar chop etilmoqda

“Men Devid Zelserning “Omen” (asl nomi “Nishona”)  asarini o‘zbek tiliga tarjima qilganman, — deyb eslaydi suhbatdoshim. — Keyin uning boshqa muallif tomonidan yozilgan davomi chiqdi, keyin yana boshqa yozuvchi qalamiga mansub uchinchi qismi paydo bo‘ldi. Undan keyin to‘rtinchi va beshinchi qismlari chiqishiga qaramasdan, men uchinchi qismida to‘xtadim. Nazarimda ushbu matnlar o‘zi bilan salbiy energiya olib kelayotgandek edi. O‘quvchi uchun u xavfli bo‘lmasada, tarjimon uchun xavflidek tuyuldi. “Omen”ni tarjima qilayotgan vaqtimda hayotimda katta baxtsizlik sodir bo‘ldi. Shundan so‘ng men uni davom ettirmaslikka qaror qildim”.

O‘z xalqi uchun fidokorona mehnat

Dilshodbek aytishiga qarganda, O‘zbekistonda sifatli qog‘ozlarda juda chiroyli kitoblar chop etish yo‘lga qo‘yilgan. Yangi-yangi zamonaviy kitob magazinlari ochilmoqda. Butun dunyoda kitob biznesi inqirozga uchrayotgan bo‘lsa ham, O‘zbekistonda ushbu soha gullab-yashnamoqda, lekin boshqa tillardan sifatli tarjima qilingan kitoblar juda kam.

“Men o‘z hamurtlarim uchun Mixail Bulgakovni tarjima qilmoqchiman,- deydi Dilshodbek. “Usta va Margarita” o‘zbekchada bor, lekin Bulgakovning boshqa ajoyib asarlari hali juda ko‘p. Masalan, uning “Taqdir tuxumlari” (Rokovi yaysa) asari menga juda yoqadi.  

Dunyoda ajoyib kitoblar juda ko‘p, — deydi Dilshodbek. – Men, o‘z Vatanimda ham ularni o‘qishlarini istardim”.

Yangiliklar lentasi
0