22:48 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Madaniyat
Havola olish
47620

Ushbu dastur tashkilotning ichki tarmogʻida tezkor xabar almashishda qattiq himoyalangan messenjer sifatida foydalanish mumkin.

TOSHKENT, 9 okt — Sputnik. Dasturchilar milliy katalogi xabariga koʻra, Oʻzbekistonda yangi kuchli himoyalangan messenjer yaratilgan.

"ALOQA" messenjeri bu XMPP protokoli orqali tezkor xabar almashuv dasturi boʻlib, u quyidagi asosiy modullardan iborat: matnli xabarlar bilan tezkor almashish moduli, guruhlarga xabar joʻnatish moduli, Oʻzbek/Rus/Ingliz tillari moduli, SIP protokoli boʻyicha ovozli aloqa moduli, R2R fayl almashish moduli, TLS shifrlash moduli, ish stolini namoyish qilish moduli, konferentsiyalar moduli va Active Directory (LDAP) oʻzaro bogʻlanish modullaridan iborat.

Messenjer mutaxassislar Musayev Ruslan, Navruzov Qoʻldosh va Nagay Daniil tomonidan tomonidan yaratilgan. Intellektual mulk agentligida Aloqa dasturi mualliflariga DGU 04613 raqamli guvohnoma berildi.

Asosiy mavzular