15:51 03 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Madaniyat
Havola olish
428 0 0

Festival doirasida marafon, savdo yarmarkalari, milliy hunarmandchilik mahorat darslari, milliy taomlar koʻrik-tanlovi va boshqa turli tanlovlar, koʻrgazma, ilmiy-amaliy konferentsiya va gala kontsert oʻtkaziladi

TOSHKENT, 17 okt — Sputnik. 2017 yil 22 oktyabr kuni "Buxoro — Sharq gavhari" shiori ostida "Buxoro shahri kuni" festivali oʻtkazilishi belgilangan, deb xabar qildi Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot-xizmati.

Festival doirasida marafon, savdo yarmarkalari, milliy hunarmandchilik mahorat darslari, milliy taomlar koʻrik-tanlovi va boshqa turli tanlovlar, koʻrgazma, ilmiy-amaliy konferentsiya va gala kontsert oʻtkaziladi.

Shuningdek, festival doirasida: "Men Buxoroni sevaman" marafoni; "Buxoro — sharq gavhari" shiori ostida foto va video roliklar koʻrik-tanlovi; "Buxoro shahri kuni" festivali doirasida savdo yarmarkasi; Buxoro milliy hunarmandchiligi maktablarining mahorat namoyishlari; "Buxoroning shohona taomi" koʻrik-tanlovi va boshqa koʻplab tadbirlar oʻtkazilishi belgilangan.

Qoʻmita barchani festivalga taklif etib qolgan.

Teglar:
oktyabr, festival, Buxoro

Asosiy mavzular