Turkmanistonda o‘zbek filmlari namoyish etiladi

© Nuz.uzFlagi Uzbekistana i Turkmenistana
Flagi Uzbekistana i Turkmenistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur tadbirda O‘zbekiston madaniyat va san’at olamining 60 dan ziyod vakillaridan iborat delegatsiya Turkmanistonga jo‘nab ketdi

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Joriy yilning 12-16 noyabr kunlari Turkmanistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi, shu munosabat bilan O‘zbekiston madaniyat va san’at olamining 60 dan ziyod vakillaridan iborat delegatsiya Turkmanistonga jo‘nab ketdi, deb xabar qildi "O‘zbekkino" milliy agentligi matbuot-xizmati.

Glavi MID Uzbekistana, Turkmenistana i Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston TIV rahbarlari tarixiy hujjatni imzoladilar
Mazkur tarixiy tadbir doirasida Ashxabod va Dashouz shaharlarida o‘zbek filmlari namoyishi ham tashkil etiladi. Shu maqsadda Turkmanistonga taniqli kinorejissor Shuhrat Mahmudov ham yo‘l olgan.

Delegatsiya a’zolari qo‘shni respublikaning Ashxabod va Dashouz shaharlarida bo‘lib o‘tadigan qator rasmiy va madaniy tadbirlarda qatnashadilar.

Jumladan, madaniyat kunlari dasturidan Turkmaniston madaniyat vazirligida uchrashuv, Turkmaniston davlat milliy muzeyi va turkman gilamlari milliy muzeyiga tashrif, o‘zbek — turkman ziyolilari uchrashuvi, o‘zbek san’ati ustalarining konserti hamda madaniyat kunlarining tantanali ochilish va yopilish marosimlari o‘rin olgan.

 

Yangiliklar lentasi
0