No‘xatpolvonning sarguzashtlari: mehnatsevarlik haqidagi animatsion film taqdimoti

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova"Kuyosh yurtining pahlavoni" - kadri polnometrajnogo multfilma
Kuyosh yurtining pahlavoni - kadri polnometrajnogo multfilma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekkino" milliy agentligi tomonidan suratga olingan, No‘xatpolvonning g‘aroyib sarguzashtlari haqidagi hikoya qiluvchi ushbu kartinaga 3-yil mehnat va 2 milliard so‘mga yaqin mablag‘ sarflangan

TOShKENT, 11 dek — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Alisher Navoiy nomli kinosaroyida bolajonlar ishtirokida "Quyosh yurti pahlavoni" nomli, davomiyligi 1 soatdan ortiq vaqtni tashkil etuvchi o‘zbek animatsion filmi premyerasi o‘tkazildi.  

O‘zbek animatsion filmlari tarixida to‘liq metrajli multfilm shu vaqtgacha suratga olinmagan.

Yalmog‘iz kampirning sehrli uyi - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekkino" ilk to‘liqmetrajli multfilmni suratga olmoqda
"O‘zbekfilm"ning multiplikatsiya sohasida mehnat qiluvchi xodimi, rejissor va rassom M. Mahmudov to‘liq "Quyosh yurti pahlavoni" to‘liqmetrajli kartina sifatida "O‘zbekfilm" ijodkorlari uchun birinchi tajriba bo‘lganini, multfilm ustida 3-yildan ortiq mehnat qilinganini aytib o‘tdi.

Ssenariy muallifi Ismoil Shomurodov multfilmni tomosha qilishga kelgan bolajonlarga kartina bir nechta o‘zbek xalq ertaklari motivlari asosida yaratilganini, unda akalari ortidan go‘zal malikani yalmog‘iz changalidan ozod etish uchun yo‘lga chiqqan No‘xatpolvonning g‘aroyib sarguzashtlari haqida so‘z borishini hikoya qildi.

Multfilmda halollik, mehnatsevarlik, muhtojlarga yordam berish singari ezgu g‘oyalar aks ettirilgan.

Multfilm 12-dekabrdan boshlab respublika kinoteatrlarida namoyish etiladi.

Yangiliklar lentasi
0