Aktor Ulug‘bek Qodirov katta nufuzga ega bo‘lgan bosh vazir obrazini yaratadi

© uzbekkino.uzIslam-xodja — glavniy vizir Xivinskogo xanstva
Islam-xodja — glavniy vizir Xivinskogo xanstva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agentlik Badiiy kengashining joriy yil 11-yanvarda bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida Sankt-Peterburg shahrida tanlangan makon va liboslar asosida film uchun tayyorlangan eskizlar ham muhokama etildi. Ushbu filmni joriy yil "Ezgu-film" kinostudiyasida suratga olish rejalashtirilgan

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. "O‘zbekkino" Milliy agentligi buyurtmasiga asosan Xiva xonligining bosh vaziri Islomxo‘janing hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi film suratga olinmoqda, deb xabar qildi agentlik matbuot xizmati.

"Ushbu yangi badiiy-publitsistik film XX asr boshlarida nafaqat Xorazm muzofoti balki, butun Markaziy Osiyo hududi, hatto Chor Russiyasining amaldorlari orasida yuksak nufuzga ega bo‘lgan Xiva xonligining Bosh vaziri Islomxo‘janing hayoti va mehnat faoliyati haqida hikoya qiladi", — deyiladi xabarda.

Valiaxd Asfandiyor to‘raning hukmronligi davrida Islomxo‘ja xonlikning barcha muhim va ma’suliyatli vazifalarini o‘z zimmasiga olib, ko‘plab inshoatlar qurdirgan. Qator sohalarda islohotlar olib borgan. Biroq, xonlikning eng yuqori amaldori, buyuk islohotchi Islomxo‘ja sirli ravishda o‘ldirilib, hatto qotillikni fosh etish uchun boshlangan tergov harakatlari bosdi-bosdi qilingan.

Buning sababi nima, qariyb bir asrlik sirli fojianing javobi qayerda?

Lomayut Dom Kino - Sputnik O‘zbekiston
Uyi buzilgan kinochilar yangicha ishlamoqchi, natijasini esa yo "O‘zbekkino" yo vaqt ko‘rsatadi
"O‘zbekkino" Milliy agentligi buyurtmasiga asosan Jo‘rabek Ro‘zmetov ssenariyi asosida, rejissor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olinayotgan "Islomxo‘ja" nomli badiiy-publitsistik filmida hali-hanuz javobini kutayotgan ushbu qotillik tafsilotlarini o‘rganishga bel bog‘lagan tadqiqodchi-tarixchi olim oradan bir asr o‘tganiga qaramay, mavjud hujjatlarga asoslanib, asl aybdorlar qiyofasini ochishga harakat qiladi.

Filmning rejissorlik ssenariysini yozish jarayonida ijodiy guruh Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida xizmat safarida bo‘lib, buyuk ajdodimizning Rossiya bilan bog‘liq faoliyatini o‘rganib qaytdi. Islomxo‘ja obrazini taniqli aktor Ulug‘bek Qodirov ijro etishi kutilmoqda. Shuningdek, ayni kunlarda filmda rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan aktorlar jamoasi ham saralab olinmoqda.

Agentlik Badiiy kengashining joriy yil 11-yanvarda bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida Sankt-Peterburg shahrida tanlangan makon va liboslar asosida film uchun tayyorlangan eskizlar ham muhokama etildi. Ushbu filmni joriy yil "Ezgu-film" kinostudiyasida suratga olish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0