14 fevral kuni "Dutorchilar" ansambli konsert dasturini taqdim etadi

© badiiyjamoalar.uzAnsambl "Dutorchilar"
Ansambl Dutorchilar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Konsert O‘zbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida o‘tkaziladi

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. 2018-yil 14-fevral kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida "Dutorchilar" ansambli konsert dasturini namoish etadi, deb xabar qildi Madaniyat vazirligi matbuot-xizmati.

"O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O‘zbekiston badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi "Dutorchilar" ansambli Alisher Navoiy hamda Zaxiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bag‘ishlab, "Nazm va Navo" konsert dasturini taqdim etadi", — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
"Lik-lik" - xalq artisti": ijodkor ziyolilar davrasida Mirziyoyev aytgan yorqin jumlalar
Eslatib o‘tamiz, 1979-yil Hukumat qaroriga binoan O‘zbekiston Davlat televideniya va radio komiteti qoshida tashkil etilgan "Dutorchi qizlar" ansambli O‘zbekistonda o‘tkaziladigan barcha bayram tantanalarida, konsertlarida, ijodiy uchrashuvlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Ansambl tashkil topgandan to hozirga qadar 600 dan ziyod asarlari O‘zbekiston radiosining «Oltin fondi"da saqlanib, vaqti-vaqti bilan radio efirida taralib kelmoqda.

2014 yil oktabr oyidan badiiy jamoalar ijodiy birlashmasiga "O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi" nomi berildi. Barcha ansambllar shu jamoada ish faoliyatini davom ettira boshladilar. Shular qatori "Dutorchilar" ansambli ham shu jamoada ish faoliyatini davom ettirib kelmoqda. 2016-yildan to shu bugungi kungacha G‘.Toshmatov nomidagi "Dutorchilar" ansambliga O‘g‘iloy Qosimova badiiy rahbarlik qilib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0