"O‘zbekkino" "Matizning sarguzashtlari" multfilmini suratga oladi

© "Uzbekkino"Priklyucheniya "Matiza"
Priklyucheniya Matiza - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda multfilmning dastlabki 6 qismi bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi. Yil so‘ngiga qadar yangi multfilm bolajonlar e’tiboriga havola etish rejalashtirilgan

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. "O‘zbekkino" agentligi ko‘p qismli "Matizning sarguzashtlari" multfilmini suratga oladi. 

“O‘zbekfilm”ning birinchi to‘liq metrajli multfilmi 12-dekabrda ekranlarga chiqadi
"O‘zbekkino" Milliy agentligi badiiy kengashi tomonidan muallif Ismoil Shomurodovning "Matizning sarguzashtlari" nomli ko‘p qismli multfilm ssenariysi ma’qullandi, deb xabar berdi agentlik axborot xizmati.

Animatsion filmning qahramonlari — O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobillar bo‘lib, unda bosh qahramon — kichkintoy «Matiz» bilan bog‘liq qiziqarli sarguzashtlar hikoya qilinadi. Filmni yaratishga Abdulatif Haydarov boshchiligidagi animatorlar guruhi hamda rassom Zilola Hamidova jalb qilingan.

Hozirda multfilmning dastlabki 6 qismi bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi. Yil so‘ngiga qadar yangi multfilm bolajonlar e’tiboriga havola etish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0