05:22 23 Sentyabr 2018
Efir
  • RUB118.05
  • EUR9347.75
  • USD8039.00
Pevitsa Lola Yuldasheva

Eksklyuziv: Lola Yoʻldosheva Rossiyadagi hayoti va ijodi haqida intervyu berdi

Foto: Begzod Rustamov
Madaniyat
Havola olish
Lev Rыjkov
362943

Taniqli ekstrada qoʻshiqchisi Lola Yoʻldosheva Sputnik tahririyatiga bergan eksklyuziv intervyusida Rossiyadagi hayoti, kontsertni tashkil qilish boʻyicha qiyinchiliklar haqida soʻzlab berdi

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik, Lev Rыjkov. Taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi Lola Yoʻldosheva uzoq tanaffusdan soʻng Moskvada katta kontsert berdi. Kontsert 8 mart kuni boʻlib oʻtdi va muxlislarga katta zavq ulashdi. Sputnik muxbiri xonanda kontsertga tayyorgarlik koʻrayotgan joyga kirib borishga muvaffaq boʻldi va maftunkor Lola bilan suhbatlashdi.

Tayyorgarlik joyi bolalar raqs studiyasida joylashgan. Bitta zalda Lola raqs ustalari bilan tayyorgarlik koʻrmoqda, boshqa xonada esa yosh bolalar shugʻullanishmoqda. Yoʻldosheva tanaffus qilganida bolalar uning oldiga kelib, salomlashishdi. "Farzandlaringizga salomlarimizni yetkazib qoʻying!", — mehribonlik bilan dedi yosh raqqosa. "Albatta, yetkazaman", — deydi muloyimlik bilan Lola.

Kontsert oldidan qizgʻin tayyorgarlik jarayoni kechmoqda. Lolaning telefoniga tinimsiz qoʻngʻiroqlar boʻlmoqda. Kontsert liboslarini aeroportda kutib olishdi, lekin Toshkentdan uchib kelgan gitarachi hali yoʻq. Zudlik bilan unga taksi chaqirish kerak…

"Kontsert — har doim juda hayajonli tadbir, har qanday artist unga juda katta masʼuliyat bilan yondoshadi. Bu oʻziga xos sarhisob vaqtidir. Bu jonli energiya tuygʻusi — hech qanday audioyozuv unga teng kelmaydi. Bu energiya almashinuvidir: sen berasan, va shu vaqtning oʻzida oʻzing ham olasan. Ana shunday almashinuv. Buni oddiy soʻz bilan taʼriflash mumkin emas. Buni faqat his qilish lozim. Shuning uchun biz artistlar uchun bu juda muhim", — deydi Lola.

Chemodanlarga solingan liboslar

- Men katta kontsertlarga tayyorgarlik koʻrish bu juda asabli ish ekanligini har doim bilardim. Lekin samolyotlarni ham kutib olish kerakligi umuman hayolimga kelmagan ekan.

Kontsert Lolы Yuldashevoy v Moskve proshel s anshlagom
Foto: Begzod Rustamov
Kontsert Lolы Yuldashevoy v Moskve proshel s anshlagom

— Siz nima deb oʻylagandingiz! Bugun ertalab bir nechta liboslar solingan chemodanlar samolyotda uchib keldi — men va raqs ustalari uchun. Tayyorgarlik juda jiddiy. Oʻylashimcha, qaysi ishga qoʻl urmagin, unga birinchi navbatda muhabbat bilan yondoshish zarur. Faqat oʻshanda ishni 100% uddasidan chiqish mumkin.

- Liboslar solingan chemodanlar nechtasi shaxsan siz uchun?

— Kontsertimiz uch boʻlimdan iborat. Bu uchta libos degani. Liboslar bilan Zulfiya Sulton shugʻullanadi — u mening juda yaqin dizayner dugonam. Koʻp yillar davomida men uchun liboslar yaratadi.

Umuman olganda Zulfiya — Oʻzbekiston moda sanoatining gʻururidir. U turli davlatlarda, xususan Milan, Parij va Moskvadagi "Mersedes feshn vik" koʻrgazmasida qatnashgan. Menga uning ishga boʻlgan munosabati juda yoqadi, u ishga ulkan muhabbat va btun borligʻi bilan yondoshadi. Har bir libos — qoʻl mehnati, xend-meyd hisoblanadi.

Masalan, Zulfiya bitta libosda oʻn mingga yaqin gullarni alohida qoʻlda tikib chiqqan. Har bir gul mayda detallardan iborat, ular qoʻlda qirqilib, tikiladi. Umuman olganda bu haqiqiy sanʼat asari hisoblanadi.

- Sizga kontsert liboslari kech qolmaganmi?

— Ular hech kechon kech qolmagan. Liboslar tikilishi Toshkentda bugun ertalab soat 4 gacha oʻz yakuniga yetgan. Soat 7 da samolyotda joʻnatilgan. Bu Toshkent aeroportida soat 5 da boʻlgani degani. Soʻnggi soniyalarda kichik qismlari tikilgan. Barcha liboslar chemondanlarga solinib, diqqat bilan uralgan va shu vaqtning oʻzida aeroportga olib borilgan.

Vatandoshlarga mehr va issiqlik tuhfa etish

- Siz soʻnggi vaqtlarda umuman juda kam chiqish qilmoqdasiz? Nima sababdan?

— Men juda ham kam demagan boʻlardim. Yaqinda Toshkentda yakkaxon kontsertim boʻlib oʻtdi. Shu vaqtlarda Moskva va Nyu-Yorkda ham kontsertlarim boʻldi. Gap shundaki, oilaviy sharoitim tufayli men Moskvaga koʻchib oʻtdim, shuning uchun koʻpam kontsert berish imkoniyati boʻlmadi. Lekin oʻylaymanki, shu yilda bu albatta toʻgʻrilanadi.

Pevitsa Lola Yuldasheva poradovala svoix slushateley v Mejdunarodnыy jenskiy den
Foto: Begzod Rustamov
Pevitsa Lola Yuldasheva poradovala svoix slushateley v Mejdunarodnыy jenskiy den

- Lola siz dunyoning eng mashhur kontsert sahnalarida chiqqansiz. Sizning fikringizcha, Oʻzbekistonlik artistlar qaysi yoʻldan ketishlari zarur, milliy anʼanalarini rivojlantirish zarurmi yoki xorijiy mamlakatlar musiqa ijod namunalariga oʻtish kerakmi?

— Agar kulinariya allegoriyasini davom ettiradigan boʻlsak, oʻzbek musiqasi — bu juda ulkan oshxona. Bunday musiqani kuylash uchun albatta qobiliyat boʻlishi kerak. Ishoning, bizdagi uygʻunlik, melizmatikani oʻzlashtirish juda qiyin. Fikrimcha — eng yaxshisi har doim oʻziga xoslikni saqlab volish kerak. Oʻz ildizlarini unutish kerak emas. Albatta, hozir hayot shiddat bilan oʻtib bormoqda, tendentsiyalarga ulgurish qiyin. Har kuni qandaydir yangilik bor. Musiqada ham shunday. Shuning uchun albatta vaqt bilan birga yurish mumkin. Lekin oʻsha millatimizga mos boʻlgan oʻziga xoslikni yoʻqotish kerak emas. Oʻshanda, oʻylashimcha, juda qiziqarli sintez hosil boʻladi.

- Siz kontsertga qanday tayyorgarlik koʻryapsiz, Toshkentdan musiqachilar hozirgina kelgan boʻlsa?

— Hozir musiqachilarsiz tayyorgarlik koʻrish mumkin, shuning uchun "minus-aranjirovka — tovushsiz" bor. Raqslarni shu zalda tayyorgarlik koʻrmoqdamiz. Xuddi shundan zalda vokal bilan shugʻullanaman.

- Vatandoshlaringiz esingizda borligi va ularga Moskvada chiqish uchun imkoniyat berayotganingiz juda yaxshi. Keyinchalik ham ular bilan ishlaysizmi?

— Siz tasavvur ham qilolmaysiz, bu ularga qanchalik quvonch keltiradi. Ular bunda kuch olishadi. Moskvada kontsert berganimda, ular hech qanday tomonlarni soʻramasdan, hech qanday gonorar yoki shartlarni muhokama qilishmaydi. Umuman hech narsani! Chunki ular uchun — bu bayram. Bu ularning hayoti. Shuning uchun ular shu kuchni olish uchun kelishadi. Ular quvvatni olib, qaytib ketishadi. Ishlarini Toshkentda davom ettirishadi.

- Umuman olganda, oʻz vatanida musiqachilar super yulduz boʻlish imkoniyatiga egami?

— Umid qilamanki, Oʻzbekistonning kelajagi buyuk. Bizda qobiliyatli artistlar koʻp. Albatta, ularga yoʻl ochib berish kerak. Qobiliyatli artistlarga yordam berilsa, rivojlanamiz.

- Kontsertingizda kimni koʻproq koʻrishni istaysiz?

— Albatta vatandoshlarimni. Sevimli musiqa va qoʻshiqlarni sogʻingan insonlar haqida oʻylayman. Ayrim insonlar Oʻzbekistonga borish imkoniyatiga ega emas. Ular bu yerda oʻqishadi yoki ishlashadi. Ayrim qoʻshiqlarimga 15 yil boʻlgan. Ularni eshitib ulgʻayganlar bor. Vatanimiz, uyimiz taftini ulashish va shu yerda bunday sovuq paytlarda iliqlik ila qarshi olish men uchun juda muhim.

Qordan zavq olish

- Siz hozir Moskvada yashaysizmi?

— Ha, biz Moskvada yashaymiz. Bolalar maktabda oʻqishadi. Ular har kuni uyga kelganda meni oʻz baholari bilan xursand qilishadi. Besh baholari bilan!

- Sovuq qotmadizmi?

— Biz quyosh odamlarimiz, albatta bu yerda bizga quyosh nuri kamlik qildi. Bu yerga kelganimizda, birinchi oylarda men juda qiynaldim. Uygʻonganimda menga issiqlik, yorugʻlik yetishmasdi. Men quyoshni, uning nurida isinishni istardim. Bundan meni kayfiyatimga bogʻliq. Men ijodkor boʻlganim tufayli, ob-havo menga juda taʼsir koʻrsatadi. Uygʻonganimda havo bulut boʻlsa, men ham xomush, kayfiyatsiz boʻlib yuraman. Biroq inson hamma narsaga koʻnikar ekan.

- Demak, siz Moskva iqlimiga oʻrganibsizde?

— Hozir koʻnikdim. Meni ob-havo bezovta qilmayapti. Men qorga xursand boʻlishni oʻrgandim. Fevral va martdagi qor — bu har doim quyosh va quvonch degani. Qor yoqqanda farzandlar bilan kiyinib, parkka chiqamiz. U yerda sayr qilib, qorboʻron oʻynaymiz. Sovuqqotmaymiz, biz quvonamiz.

Uzbekskaya pevitsa Lola Yuldasheva
Foto: Begzod Rustamov
Uzbekskaya pevitsa Lola Yuldasheva

- Toshkentni sogʻinasizmi?

— Sizga qanday aytsam ekan? Qayerda yoʻq ekanmiz, oʻsha joy yaxshi boʻladi. Biroq mening holatimda menga hamma joyda yaxshi, chunki agar oʻzing bilan hamohang boʻlsang — ichki holating tinch, qulay va taftli boʻladi. Qayerda boʻlishingdan qatʼi nazar, yoningda yaqinlaring, sevimli insonlar sen bilan birga boʻlishsa, shu yetarli.

- Turmush oʻrtogʻingiz haqida aytib bering. Kim boʻlib ishlaydi? Axir, mushtariylarimiz u haqda hech qanday maʼlumotga ega emasku!

— Oʻylaymanki, bilishmaydi. Men yaqinda turmushga chiqdim. Atigi 2 yil oldin. Bu hozircha sir boʻlib qolsin.

- Turmush oʻrtogʻingiz boy insonmi?

— Bilasizmi, boylik tushunchasi — mavhum tushuncha. Kim uchundir uncha boy boʻlmasligi mumkin. Kimgadir, ehtimol, bu mukammalik va moliyaviy farovonlikning eng yuqori choʻqqisidir. Shuning uchun hammasi nisbiy. Menga hammasi yetarli.

Asosiy mavzular