20:41 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Madaniyat
Havola olish
40820

Davlat rahbari koʻrsatmasi bilan buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini nishonlash boʻyicha tashkiliy qoʻmita tuziladi

TOSHKENT, 3 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi keng nishonlanadi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti qarori eʼlon qilindi.

"Oʻtgan asrning 80-yillarida sobiq Markaz tomonidan uyushtirilgan "oʻzbek ishi", "paxta ishi" kabi nohaq siyosiy kampaniyalar chogʻida Chingiz Aytmatovning adolat va haqiqat kuychisi sifatida xalqimizning shaʼni va obroʻ-eʼtiborini katta minbarlardan turib mardona himoya qilganini el-yurtimiz hamisha minnatdorlik bilan eslaydi. Betakror ijodkorning davlatimiz tomonidan "Doʻstlik" va "Buyuk xizmatlari uchun" ordenlari bilan taqdirlangani ham shundan dalolat beradi.

Atoqli adib oʻzbek adabiyoti va sanʼatining yirik namoyandalari bilan yaqin doʻst va ijodiy hamkor boʻlgani yosh adiblarimiz uchun yuksak ibrat namunasidir", — deyiladi hujjat matnida.

Davlat rahbari koʻrsatmasi bilan buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini nishonlash boʻyicha tashkiliy qoʻmita tuziladi. Tashkiliy qoʻmita chora-tadbirlari rejasida: "Chingiz Aytmatov va Oʻzbekiston" nomli xotira kitobini nashrga tayyorlash va chop etish, Aytmatov hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish, yozuvchi asarlari asosida yangi spektakl sahnalashtirish va badiiy film suratga olish, adib xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrining markaziy koʻchalaridan biriga Chingiz Aytmatov nomini berish, Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 33-maktabda adib byustini oʻrnatish koʻzda tutillgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda "Chingiz Aytmatov va oʻzbek adabiyoti" mavzusida ilmiy konferentsiya oʻtkaziladi.

Oʻzbekistondagi oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli shoir va yozuvchilar, olimlar ishtirokida uchrashuvlar, adabiy kechalar tashkil etish koʻzda tutilgan.

2018 yil dekabr oyining ikkinchi oʻn kunligida Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida atoqli adib xotirasiga bagʻishlangan ijodiy kecha oʻtkaziladi.

Teglar:
Aytmatov, yubiley, Mirziyoyev

Asosiy mavzular