Kann festivalida eng yaxshi aktrisa unvoni Qozog‘iston vakiliga berildi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tish71-y Kannskiy mejdunarodniy kinofestival. Premyera filma "Ayka"
71-y Kannskiy mejdunarodniy kinofestival. Premyera filma Ayka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvaga ish izlab kelgan migrant qiz hayoti haqida olingan filmning bosh qahramoni – Kann festivalida “Yilning eng yaxshi aktrisasi” unvonini oldi.

TOShKENT, 20-may – Sputnik. Qozog‘istonlik Samal Yeslyamova Kann kinofestivalida “Yilning eng yaxshi aktrisasi” unvoniga  sazovor bo‘ldi, deb xabar qilmoqda festivalning rasmiy sahifasi.

Samal Yeslyamovaga ushbu nufuzli mukofot  rossiyalik rejisser Sergey Dvorsevoyning "Ayka" filmida o‘ynagan bosh roli uchun berildi. Filmda Moskvaga ish izlab kelgan qirg‘izistonlik migrant qizning og‘ir hayoti tasvirlangan. Film 6-yil davomida suratga olingan.

Mukofotni olar ekan aktrisa – Sergey, senga katta rahmat. Bu katta sharaf, — deb o‘z rejisseriga murojaat qildi aktrisa.

Ushbu film namoyishidan so‘ng tomoshabinlar aktrisa va butun kinoga oluvchi guruhga uzoq qarsaklar chalishgan va iliq olqishlashgan edi.

Yangiliklar lentasi
0