O‘zbekistonda bo‘ladigan tadbirlarning yagona kalendari nizomi tasdiqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMejdunarodniy turnir po kurashu na kubok prezidenta Respubliki Uzbekistan
Mejdunarodniy turnir po kurashu na kubok prezidenta Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil yanvar oyida o‘sha vaftda Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi raisi bo‘lgan Aziz Abduxakimov O‘zbekistonda tadbirlarning yagona kalendari chiqarilishini ma’lum qilgan edi. Bu borada nizom tasdiqlandi

TOShKENT, 31-may — Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 22-maydagi qarori bilan Madaniy-ko‘ngilochar va ommaviy sport tadbirlarining yagona taqvimini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Taqvimda O‘zbekiston hududida o‘tkaziladigan ichki va xalqaro miqyosdagi tadbirlar ro‘yxati va ularni o‘tkazish muddatlari ko‘rsatiladi.

Uning asosiy vazifasi sayyohlarni jalb etish va xalqaro turizm bozorida "O‘zbekiston" brendini keng miqyosda targ‘ib qilishdan iborat bo‘ladi.

Taqvimga xalqaro konferensiyalar, seminarlar; xalqaro va milliy ko‘rgazmalar hamda yarmarkalar; milliy cholg‘ulardan iborat konsertlar; sport musobaqalari va tadbirlari; milliy hunarmandchilik yo‘nalishidagi tadbirlar; ommaviy teatr-tomosha va milliy o‘yinlar namoyishlari; turizm va madaniy meros obyektlaridagi tadbirlar kiritilishi mumkin.

Taqvimni shakllantirish uchun tegishli idoralar, shu jumladan hududiy hokimliklar har yili 1-noyabrgacha Madaniyat vazirligi va Sport vazirligiga belgilangan shakllar bo‘yicha rejalashtirilayotgan tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadilar. Ularda tadbirlarning turlari, o‘tkazish joyi, muddatlari, tashkilotchilari, qiymati to‘g‘risida axborot berilishi kerak.

Ushbu ma’lumotlar 15-noyabrgacha umumlashtirilib, fotolavha va videoroliklar bilan birga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga taqdim etiladi.

Shakllantirilgan taqvim bir oy davomida Vazirlar Mahkamasida tasdiqlanib, xorijiy mehmonlarni jalb etish va ishtirokini ta’minlash uchun Internetda, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda tegishli mediakontent bilan birga joylashtiriladi.

Yangiliklar lentasi
0