19:50 18 Dekabr 2018
Efir
  • RUB124.70
  • EUR9413.74
  • USD8325.59
Oʻzbekkontsert sanʼatkorlar odobi mavzusida yigʻilish oʻtkazdi

"Oʻzbekkontsert" jazoladi: majlisda qatnashmagan toʻrt xonandaning litsenziyasi tugatildi

Uzbekkontsert
Madaniyat
Havola olish
164330

Maʼlum boʻlishicha, toʻrt xonanda "Oʻzbekkontsert" majlisida sababsiz qatnashmagan. Ular "bu orqali Muassasa bilan tuzilgan litsenziya bitimi talab-shartlarini qoʻpol ravishda buzdilar", — deb aniqlik kiritiladi xabarda

TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. "Oʻzbekkontsert" toʻrt nafar xonandaning litsenziyasi toʻxtatib qoʻyilgani haqida rasmiy bildirish eʼlon qildi, deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Xabarga koʻra, kuni kecha 31 may kuni "Oʻzbekkontsert" davlat muassasasida "Sanʼatkor odobi: Milliy estrada sanʼatining yoshlar maʼnaviy axloqiy tarbiyasidagi oʻrni" mavzusida yigʻilish oʻtkazilgan.

Ushbu yigʻilishga telefon orqali ogohlantirilganiga qaramasdan, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Sanjar Rahimov (Sardor Rahimxon), “Nihol” mukofoti sovrindori Feruza Jumaniyozova, estrada xonandalari Aslbek Negmatov va Toxir Usmonovlar asossiz qatnashmagan.

Ular "bu orqali Muassasa bilan tuzilgan litsenziya bitimi talab-shartlarini qoʻpol ravishda buzdilar", — deb aniqlik kiritiladi xabarda.

"Oʻzbekkontsert" yuqorida qayd etilgan sanʼatkorlarning litsenziyalari joriy yilning 31 may kunidan toʻxtatilganligini maʼlum qilgan.

Asosiy mavzular