O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi qayta ishga tushadi

© Sputnik / L. Taube / Mediabankka o‘tishSolisti Uzbekskoy Gosudarstvennoy filarmonii doyristi G.Inoganov, G.Azimov, U.Xodjayev.
Solisti Uzbekskoy Gosudarstvennoy filarmonii doyristi G.Inoganov, G.Azimov, U.Xodjayev. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
To‘rt yilllik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi qayta ishga tushadi.

TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. 2014-yilda yopilgan O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi faoliyati qayta tashkil qilinadi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyevning 27-iyunda imzolangan “O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi” farmonida aytib o‘tilgan.

Ansambl Dutorchilar - Sputnik O‘zbekiston
14 fevral kuni "Dutorchilar" ansambli konsert dasturini taqdim etadi

Davlat filarmoniyada O‘zbekiston Madaniyat vazirligi qoshida, respublikada foliyat yurituvchi ijodiy jamoalar uyushmasi, millliy simfonik, kamerali va milliy musiqa aspoblari orkestrlari uyushmalari hamda “Turkiston” san’at saroyini birlashtirish asosida tashkil qilinadi. Qoraqalpog‘iston respublikasi va viloyatlarda filarmoniyaning hududiy bo‘linmalari ochiladi.

Yangi tashkil qilinayotgan filarmoniya oldjida quyidagi vazifalar qo‘yilgan:

  • Milliy, klassik va zamonaviy musiqa va raqs san’atini rivojlantirish;
  • Aholining ushbu san’at turlariga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirish va qondirish;
  • Musiqa va raqs san’atini rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish;
  • O‘zbekiston musiqa va raqs san’ati yutuqlarini xorijda targ‘ib qilish;
  • Davlat filarmoniyasi repertuarini milliy va xorijiy klassik san’at asarlarinng eng yaxshi namunalari bilan to‘ldirish;
  • Sa’at orqali yoshlarning yetuk inson bo‘lib yetishishiga xizmat qilish;
  • Musiqa va raqsning barcha turlarini internet, televidenie orqali targ‘ib qilish;
  • Konsert dasturlarini aholining barcha qatlamlari hamoniga mos qilish,

kabi vazifalar qo‘yilgan.

O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi davlat budjjeti hamda konsert dasturlaridan tushayotgan mablag‘lar hamda xayriya mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.  Filarmoniya Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 2-o‘yda joylashadi.

Yangiliklar lentasi
0