07:54 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Uzbekskiy akter Karim Mirxadiyev priznan luchshim na kinofestivale Yevraziya

Karim Mirhodiyev "Yevraziya" kinofestivalida eng yaxshi aktyor deb topildi

Tsentr razvitiya kinematografii
Madaniyat
Havola olish
93030

Bu yilgi festivalga Oʻzbekistondan yirik delegatsiya tashrif buyurdi.

TOSHKENT, 8 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonlik aktyor Karim Mirhodiyev Ostonada boʻlib oʻtgan XIV "Yevraziya" xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasida gʻolib deb topildi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Bu yilgi festivalga Oʻzbekistondan Kinematografiyani rivojlantirish markazi va Yosh kinematograflar kengashi vakillari, rejissyorlar Rashid Malikov va Jahongir Qosimov, aktyorlar Karim Mirhodiyev, Alisher Uzoqov, Akbar Rasulov, Shahzoda Matchonovalardan iborat yirik delegatsiya tashrif buyurdi.

Kinofestivalning asosiy tanlovida ishtirok etgan 12 film orasida Rashid Malikovning “Sabot” filmi bosh mukofot uchun kurashdi. Filmda bosh qahramon rolini ijro etgan Karim Mirhodiyev “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasida gʻolib deb topildi.

Bundan tashqari, Abduazim Ilhomjonov va Botir Abdurahmonovlarning “Ona” qisqa metrajli filmi va Jahongir Qosimovning “Karvon” badiiy lavhasi festivalning turli yoʻnalishlarida ishtirok etdi.

Asosiy mavzular