Ziyodaning "Mazza-mazza" qo‘shig‘iga ishlangan videoklip rad etildi

Obuna bo‘lish
Ziyoda Qobulovaning “Mazza-mazza” qo‘shig‘iga ishlangan videoklipdagi kadrlar ma’naviyatga zid xatti-harakatlarning mavjudligi, shuningdek, qo‘shiq matni mazmunan sayozligi va badiiy jihatdan jo‘nligi bois bir ovozdan rad etildi.

TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Qobulovaning  “Mazza-mazza” qo‘shig‘iga ishlangan videoklipdagi kadrlar ma’naviyatga zid xatti-harakatlarning mavjudligi, shuningdek, qo‘shiq matni mazmunan sayozligi va badiiy jihatdan jo‘nligi bois bir ovozdan rad etildi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati xabar qildi.

Mikrofon dlya vistupleniy - Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekkonsert” Rayhon, Tohir Sodiqov va boshqa xonandalarni ogohlantirdi

Xabarda aytilishicha, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengashda 8 nafar xonandalar tomonidan taqdim etilgan videokliplar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova ijro etgan “Sensiz” qo‘shig‘iga ishlangan videoklipni efirga uzatishga tavsiya berildi. Kelgusida xonandaga professional shoirlar bilan yaxshi asarlar yaratish taklif etildi.

“Maroqand” guruhi ijro etgan “Malikam”, “Nihol” mukofoti sovrindori Shaxrizoda Ahmedova (Kaniza) ijro etgan “Navbat sizga yetdi”, “Nihol” mukofoti sovrindori Bunyodbek Saidov ijro etgan “Marjona”, Xonanda Muxayyo Umarova ijro etgan “Mayda-mayda” deb nomlangan qo‘shiqlarga ishlangan videokliplardagi kadrlardagi juz’iy kamchiliklar san’atkorlarga tushuntirilib, shartli ravishda ruxsat berildi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Qobulovaning  “Mazza-mazza” qo‘shig‘iga ishlangan videoklipdagi kadrlar o‘zbek ma’naviyatiga zid xatti-harakatlarning mavjudligi, shuningdek, qo‘shiq matni mazmunan sayozligi va badiiy jihatdan jo‘nligi bois bir ovozdan rad etildi.

 

“Badiiy Kengash a’zolari Ziyoda Qobulovaga (O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist) unvoniga mos ravishda qo‘shiqlar kuylashini, professional shoirlar bilan ishlashini, klip olish jarayonida milliy mentalitetimizga xos kadrlar olishiga, uning ijodiga bo‘lgan mas’uliyatini yanada oshirishi lozimligini ta’kidlashdi”, - deyilgan xabarda.

Bundan tashqari, xonanda Bahrom Karimov ijro etgan “Kelin qidirib” qo‘shig‘ining g‘oyasi yaxshi unda o‘zbek qizlarining ibo-hayo, or-nomusi kabi maqsad va g‘oya ilgari surilgan. Videoklip havaskorlik darajasida ishlangani hamda qo‘shiq bilan videoklip o‘rtasida bog‘liqlik yo‘qligi uchun rad etildi.

Xonanda Ulug‘bek Xoliqov ijro etgan “Gavana” qo‘shiq matni she’riyat talablariga mutlaqo javob bermasligi, “oldi-qochdi” gaplardan iboratligi, unga ishlangan videoklipdagi tasvirlarda milliy mentalitetga zid harakatlar, ma’naviyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi  holatlar tasviri mavjudligi bois bir ovozdan efirga uzatish rad etildi.

Yangiliklar lentasi
0