12:41 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Soveщaniye na temu etika artista proshla v Uzbekkontsert

"Oʻzbekkontsert"ning yangi qarori Facebook ahlini taajjubga soldi

Uzbekkontsert
Madaniyat
Havola olish
385462

Internet foydalanuvchilari "Oʻzbekkontsert"ning murojaatini qizgʻin muhokama qilmoqda. Feysbuk ahli muassasaning bu qarori mamlakatni sharmanda qilmoqda, degan fikrlarni bildirgan

TOSHKENT, 6 avg - Sputnik. "Oʻzbekkontsert" davlat muassasasi toʻy-hashamlarda kuylanadigan qoʻshiqlar boʻyicha tavsiyaviy xarakterga ega boʻlgan maxsus yoʻriqnoma ishlab chiqishni rejalashtirayotganini maʼlum qilgan edi.

Bu xabar ijtimoiy tarmoqlarni aylanib chiqqach, internet foydalanuvchilari "Oʻzbekkontsert"ning yangi rejasini qizgʻin muhokama qilishga kirishdilar.

Marisha Kamolova nikli foydalanuvchi bu ketishda kelin va kuyovni yaqin kelajakda maktab formasini oʻylab topayotgan dizaynerlar kiyintirishiga shubha qilmasligini taʼkidlagan.

"Bu muassasa avvaliga tele efirlarda tinmay aylanadigan oʻzi tasdiqlagan arzon klip va qoʻshiqlar bilan barchaning ongini zaharlaydida, keyin esa hammaga nimani tinglash mumkin-mumkinmasligini oʻrgatmoqchi boʻladi. Avvaliga efirlarni tozalang! Xalq oʻzi ajratib oladi nimani eshitish kerak yoki kerakmasligini", - deb yozgan Muzaffar Azimov.

Timur Abidov nikli foydalanuvchi bu qaror issiq taʼsirida qabul qilingan boʻlsa kerak, degan qarorga kelgan. "Yaqinda ZAGS hokimiyat bilan hamkorlikda birgalikda hayot kechirish uchun tavsiya etilgan kishilar roʻyxatini taqdim etsa ajablanmayman", - deb qoʻshimcha qilgan Abidov.

Dilfuza Beknazarova nikli foydalanuvchi Oʻzbekiston taraqqiyot sari yoʻnalishini oʻzgartirgan bir vaqtda "Oʻzbekkontsert"ning bu qarori sharmandalikdan boshqa narsamasligini qoʻshimcha qilgan.

"Ha, endi faqat tavsiya etilgan kelinlar roʻyxatini omma eʼtiboriga havola qilish qoldi, xolos", - deb yozgan yana bir foydalanuvchi.

Asosiy mavzular