Maqom forumida 70dan ortiq mamlakat ishtirok etadi

© SputnikMunojat Yulcheva
Munojat Yulcheva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shaxrisabzda bo‘lib o‘tadigan MAQOM 2018 forumida ishtirok etish uchun 70 mamlakat vakillari ro‘yxatdan o‘tdi.

TOShKENT, 13 avg – Sputnik. Shaxrisabzda 6-10 sentabrda bo‘lib o‘tadigan birinchi Maqom forumida ishtirok etishni istaydigan mamlakatlar soni kun sayin oshib bormoqda.

O‘zbekiston va Tojikistonda – shashmaqom, Ozarbayjonda – mugam, uyg‘urlarda – mukam deb nomlanuvchi ushbu ijro san’ati YuNESKOning insoniyat nomoddiy boyliklari ro‘yxatiga kiritilgan.   

“Maqom san’ati va uning dunyo sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” – mavzusida bo‘lib o‘tadigan forum kun tartibida ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, tajriba almashish kabi tadbirlar rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, “MAQOM 2018” forumi O‘zbekiston prezidetni Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil qilinmoqda. MAQOM 2018da ishtirok etish uchun bugungi kunga qadar 85 mamlakat xohish bildirgan va 70 mamlakat ro‘yxatdan o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0