Belarus va O‘zbekiston do‘stligi ramzi: Toshkentda Yakub Kolas busti o‘rnatildi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov Seremoniya otkritiya busta i ulisi imeni narodnogo poeta Belarusi Yakuba Kolasa
 Seremoniya otkritiya busta i ulisi imeni narodnogo poeta Belarusi Yakuba Kolasa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Urush yillarida Toshkent sovet ziyolilarining kattagina qismini qabul qilgan. Ular orasida Yakub Kolas ham bo‘lgan. U Toshkentda 1941-yil 14-avgustdan 1943-yil 1-noyabrgacha bo‘lgan oraliqda yashagan

TOShKENT, 25 avg – Sputnik, Shahnoza To‘rabekova. Toshkentda belarus yozuvchisi, shoir va jamoat arbobi Yakub Kolas bustining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Kolas 1941-1943 yillarda O‘zbekiston poytaxtida yashagan va ijod qilgan, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.  

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov Seremoniya otkritiya busta i ulisi imeni narodnogo poeta Belarusi Yakuba Kolasa
Belarus va O‘zbekiston do‘stligi ramzi: Toshkentda Yakub Kolas busti o‘rnatildi - Sputnik O‘zbekiston
Seremoniya otkritiya busta i ulisi imeni narodnogo poeta Belarusi Yakuba Kolasa

Bust O‘zbekiston Davlat san’ati muzeyi binosi orqasida, Shahrisabz va Taras Shevchenko ko‘chalari kesishmasi yonida o‘rnatilgan. Ochilish marosimida O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Nodir Otajonov va Belarus Bosh vaziri o‘rinbosari Mixali Rusiylar ishtirok etishdi.

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov Seremoniya otkritiya busta i ulisi imeni narodnogo poeta Belarusi Yakuba Kolasa
Belarus va O‘zbekiston do‘stligi ramzi: Toshkentda Yakub Kolas busti o‘rnatildi - Sputnik O‘zbekiston
Seremoniya otkritiya busta i ulisi imeni narodnogo poeta Belarusi Yakuba Kolasa

"Mamlakatimizda belarus arbobining ijodini hamisha hurmat qilishgan, Yakub Kolas O‘zbekiston tarixida o‘chmas iz qoldirish bilan bir qatorda, o‘zbek-belarus xalqlari o‘rtasidagi do‘stona va qardoshlik munosabatlarining yanada mustahkamlanishiga ulkan hissa qo‘shgan. Yakub Kolas bustining ochilishi O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi do‘stlikning eng yorqin ramzi sanaladi",  deb ta’kidladi Nodir Otajonov.

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov Seremoniya otkritiya busta i ulisi imeni narodnogo poeta Belarusi Yakuba Kolasa
Belarus va O‘zbekiston do‘stligi ramzi: Toshkentda Yakub Kolas busti o‘rnatildi - Sputnik O‘zbekiston
Seremoniya otkritiya busta i ulisi imeni narodnogo poeta Belarusi Yakuba Kolasa

O‘z navbatida Mixail Rusiy buyuk Belarus yozuvchisi va shoiri Yakub Kolasning xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha qabul qilingan qaror uchun O‘zbekiston rahbari va Toshkent shahri ma’muriyatiga o‘z minnatdorligini bildirdi.

"Bizning xalqlarimizni uzoq tarixga ega va mustahkam do‘stlik rishtalari bog‘laydi, Belarusni ozod etishda O‘zbekistondan ko‘plab odamlar halok bo‘lganlar. Ular bizning xotiramizda, Ulug‘ vatan urushi tarixi muzeyida har bir familiya alohida satrda yozib qo‘yilgan", - deya qayd etdi Belarus Bosh vaziri o‘rinbosari Mixail Rusiy.  

Urush yillarida Toshkent sovet ziyolilarining kattagina qismini qabul qilgan. Ular orasida Yakub Kolas ham bo‘lgan. U Toshkentda 1941-yil 14-avgustdan 1943-yil 1-noyabrgacha bo‘lgan oraliqda yashagan.

"Bugungi kunda Yakub Kolas urush davrida istiqomat qilgan uy saqlanib qolgan. Unda butun boshli Belarus SSR Fanlar akademiyasi yashagan, chunki Yakub Kolas uning birinchi va mutassil boshqargan vitse-prezidenti bo‘lgan.

2017 yilning may oyida Mustaqillik prospektida, №88 raqamli uyda u bu yerda yashagani va mehnat qilganini bildiruvchi xotira lavhasi o‘rnatilgan", - deb hikoya qildi Sputnik muxbiriga "Svitanak" Belarus madaniy markazi raisi Svetlana Duduk.  

Pisatel Azamat Korjovov - Sputnik O‘zbekiston
Azamat Qorjovov: Uspenskiy insoniyatning zombilashishiga qarshi kurashgan yozuvchi edi

Dudukning so‘zlariga ko‘ra, sovet O‘zbekistoni hukumati Yakub Kolasga katta e’tibor bilan qaragan, yozuvchiga ikkita kvartira ajratib berilgan. Bittasi oilasi uchun, Kolas u yerda rafiqasi va o‘g‘illari bilan yashagan, ikkinchisi - unga ishchi kabinet vazifasini o‘tagan.

"Nima uchun yodgorlik Toshkentning aynan mana shu qismida ochilmoqda? Nega deganda, bizga yaqin joyda, sobiq Rus dramaturgiya teatri o‘rnida "O‘zbekiston" mehmonxonasi joylashgan bo‘lib, u Toshkentga kelgan Kolas uchun ilk boshpana vazifasini o‘tagan, shu bois biz u bu yerlarda yurgan, deb ayta olamiz, bu ramziy joy", - dedi Duduk.

Yozuvchi O‘zbekistonda boshqa bo‘lmagan, urushdan keyin u qattiq betob bo‘lgan. Yakub Kolas o‘z ishchi stoli ustida 1956-yilning 13-avgust sanasida vafot etgan.

Uning Toshkentdagi eng yaqin do‘stlari o‘zbek shoirlari Hamid Olimjon va Zulfiyalar bo‘lishgan. Ular Kolas yashaydigan uy yaqinida istiqomat qilishgan. Kolas, shuningdek, Toshkentdagi Salar kanalini juda yoqtirgan va unga she’rlaridan birini bag‘ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0