Xaruki Murakami Nobel mukofoti muqobilidan voz kechdi

© REUTERS / Ritzau Scanpix DenmarkYaponskiy pisatel Xaruki Murakami
Yaponskiy pisatel Xaruki Murakami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mashhur yozuvchi Xaruki Murakami 2018-yilda Nobel mukofoti o‘rniga ta’sisi etilgan Shvetsiya Yangi akademiyasi mukofotidan voz kechdi.

TOShKENT, 16 sen – Sputnik. Yaponiyalik yozuvchi  Xaruki Murakami adabiyot bo‘yicha 2018-yilda Nobel mukofoti o‘rniga ta’sisi etilgan muqobil mukofotdan voz kechdi, deb xabar qilmoqda RT Kyodo agentligiga asosan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra muallif Shvetsiyaning Yangi akademiyasi bilan bog‘lanib uning nomzodini 2018-yil mukofot berish mo‘ljallangan mualliflar qisqa ro‘yxatidan (short-list) chiqarishni iltimos qilgan.

Yaponiyalik dunyoga mashhur yozuvchi o‘zining ushbu qarorini “barcha kuch-e’tiborini kitob yozishda jamlash va media diqqatidan uzoqroqda bo‘lish” istagi bilan ifodalagan.

Ma’lumot uchun, Shvetsiya akademiyasi 2018-yilning may oyida ushbu yil adabiyot sohasida Nobel mukofoti berilmasligini e’lon qilgan edi. Uning o‘rniga muqobil mukofot sifatida Shvetsiya Yangi akademiyasi mukofoti ta’sis etilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, adabiyot sohasida beriladigan Nobel mukofoti 100-yildan oldin ta’sisi etilgan bo‘lib, u ushbu sohadagi eng nufuzli mukofot hisoblanadi. Turli yillarda Nobel mukofoti Bernard Shou, Rabindranat Tagor, Redard Kipling, Ernest Xeminguey, Tomas Mann kabi buyuk yozuvchilarga berilgan. 

Yangiliklar lentasi
0